Davlat taşkilotlaridagi vakansiyalarni onlayn topiş
Köpçilik iş söraydi. Menga maʼqul biror iş bölsa, aytarsiz, deyişadi. Ha, töğri, bugungi kunda iş topiş oson emas, munosibini topiş undan ham qiyin. Lekin harakat qilsa, topiş mumkin.
Masalan, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligining vacancy.argos.uz saytida davlat taşkilotlaridagi vakant joylar haqida maʼlumotlar bor. Uşbu vakant joylarga onlayn ariza yuboriş ham mumkin. Bugungi maʼlumot böyiça saytda 1 ming 798 ta vakant örni haqida eʼlon bor ekan.
Misol uçun, mana bu sahifada Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi eʼlon qilgan 30 ta vakansiya örni haqida maʼlumot olişingiz va maʼqul kelsa, hujjat topşirişingiz mumkin. Xususan, Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligi 12 ta vakant joy eʼlon qilgan, ulardan 3 tasi boşqarma boşliği, 4 tasi şuʼba mudiri, 4 tasi bölim mudiri, 1 ta boş mutaxassis lavozimiga.
Şu portal orqali bugungaça 6 ming 526 kişi işga kiribdi-ku, balki sizda ham öxşab qolar.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1214

