16-fevral voqealarida qatnaşgan şaxs 23 yildan keyin uşlandi

Matn14-yanvar, 2022, 11:541 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​16-fevral voqealarida qatnaşib, qidiruvda bölgan şaxs 23 yildan keyin uşlandi

Özbekiston Respublikasi hududida terroristik jinoyatlarni sodir etganligi uçun 23 yildan buyon qidiruvda bölgan “U.S.” xorijda uşlanib, mamlakatimizga olib kelindi.

Xususan, 1967-yil Toşkent viloyatida tuğilgan “U.S.” 1998-yilda Çeçenistonda jangovar tayyorgarlikdan ötib, 1999-yilning 16-fevral kuni Toşkent şahrida amalga oşirilgan qöporuvçilik harakatlarida iştirok etadi va öşa yilning mart oyida aylanma yöllar orqali xorijga çiqib ketadi.

Şuningdek, “U.S.” iordaniyalik Amir Xattob tomonidan Çeçenistonda taşkil etilgan jangarilarni tayyorlaş lagerlariga “Turkiston islom harakati” xalqaro terroristik taşkilotining Özbekistondan bölgan aʼzolarini jönatiş bilan ham şuğullangan.

“U.S.” 2001-yilning noyabr oyida boşqa şaxsning nomiga rasmiylaştirilgan soxta hujjatlar asosida MDHga aʼzo davlatlardan birining fuqaroligini olib, öşa mamlakat hududida yaşirinib yurgan.

Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining çet el maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda olib borgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida “U.S.” hibsga olindi.

Hozirda unga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2518
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek