Samarqand davlat universitetiga Şarof Raşidov nomi berildi
Prezidentning tegişli qaroriga köra, Samarqand davlat universitetiga atoqli davlat va jamoat arbobi Şarof Raşidov nomi berildi, deya ÖzA xabar bermoqda.
Universitet tarkibida quyidagilar taşkil etildi:
➖agronomiya, biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida kadrlar tayyorlovçi Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti;
➖ muhandislik, avtomatika, mexatronika, robototexnika, raqamli elektronika, elektrotexnika, maşinasozlik, materialşunoslik va yangi materiallar texnologiyasi sohalarida kadrlar tayyorlovçi Muhandislik fizikasi instituti;
➖pedagogika, axborot texnologiyalari va hududda kadrlarga ehtiyoj yuqori bölgan boşqa sohalarda kadrlar tayyorlovçi Universitetning Urgut filiali.
Samarqand davlat universitetida Transformatsiya ofisi taşkil etildi va u Universitetni kompleks rivojlantiriş hamda 2026-yilga qadar xalqaro reytingda birinçi 1000 talik röyxatga kiritişga masʼul etib belgilandi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 764


