Şavkat Mirziyoyev Qozoğistondagi voqealarga munosabat bildirdi
Şavkat Mirziyoyev Qozoğistondagi voqealarga munosabat bildirdi:
«Sönggi kunlarda biz uçun yaqin qöşni va qardoş bölgan Qozoğiston Respublikasida sodir bölgan voqealar hammamizni jiddiy taşvişga soldi.
Biz ming yillar davomida qozoq xalqi bilan yaqin qöşni bölib, birgalikda yonma-yon yaşab kelganmiz. Bizni umumiy tarix, urf-odat va madaniyat boğlab turadi. Kelajagimiz ham özaro çambarças boğliqdir.
Şu kunlarda men Qozoğiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan bir neça bor telefon orqali muloqot qildim. Özbekiston xalqi nomidan butun Qozoğiston eli va rahbariga barqarorlik hamda farovonlikni taʼminlaş borasidagi barça saʼy-harakatlarini qatʼiy qöllab-quvvatlaşimizni bildirdim.
Fursatdan foydalanib, uşbu voqealarda qurbon bölganlarning oila aʼzolari va barça yaqinlariga yana bir bor çuqur taʼziya va hamdardlik izhor qilaman. Jabrlangan insonlar ham tez orada soğayib ketişiga tilakdoşman.
Yaratganga şukrki, qöşni mamlakatdagi vaziyat asta-sekin öz iziga tuşib bormoqda, davlat tuzilmalari va ijtimoiy muassasalar öz faoliyatini qayta tiklamoqda, odamlar osoyişta hayotga qaytmoqda.
Öz ötmişida köplab murakkab sinovlarni boşidan keçirgan donişmand qozoq xalqi bu oğir kunlarni ham tez orada mardona yengib ötişiga hamda yanada yakdil va hamjihat bölişiga işonaman», — dedi davlatimiz rahbari.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1824



