Qozoğistonda hukumat isteʼfoga çiqarildi
Tinçlik bölsin
Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev suyultirilgan gaz narxining keskin oşişi ortidan kelib çiqqan noroziliklar sabab Asqar Mamin boşçiligidagi hukumatni isteʼfoga çiqariş haqidagi Farmonni imzoladi. Hukumatga boş vazirning birinçi örinbosari — moliya vaziri Smailov Alixan Asxanoviç vaqtinça rahbarlik qilib turadi.
Bugundan boşlab 19-yanvargaça Qozoğistonning Mangistau viloyati va Olmaota şahrida favqulodda holat joriy etildi.
Prezident Qasim-Jomart Toqayev xalqqa murojaat bilan çiqib, turli provokatsiyalarga uçmaslikka, jinoyatga qöl urmaslikka hamda muammolarni muzokaralar orqali tinç yöl bilan hal qilişga çaqirdi. Şuningdek, gaz narxi yana eski holatga qaytarildi va 180 kun davomida davlat nazoratida bölib turadi.
Qöşni qardoş qozoq xalqiga tinçlik tilayman. Kötarilgan masalalar tezroq öz yeçimini topib, taşqi duşmanlarga qöl keladigan uruş-janjallar barham topsin, deymiz. Çunki Qozoğistondagi voqealarni ayrim davlatdagi OAVlar şubhali tarzda juda faol yoritib borişmoqda. Öşa davlatdagi (nomini aytmasam bildingiz) ayrim "siyosatçilar" esa Qozoğiston hududidagi öz millatdoşlarini qutqariş, buning uçun öşa davlatdagi yerlarni ajratib oliş haqida muhokamalarni boşlab yuborişgan.
Qozoq birodarlarimiz aql bilan iş tutadi va mamlakat birdamligi hamda tinçligini tezda joyiga qaytaradi, degan umiddamiz.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2383
