Töqayev DXR va LXRni tan olmasligini maʼlum qildi
Endi ozgina xalqaro siyosat haqida.
Qasim-Jömart Töqayev Sankt-Peterburgda ötayotgan forum payti Putin oldida Qozoğiston DXR va LXRni tan olmasligini aytdi va ularni "soxta davlat" deb atadi.
Uning fikriça, xalqaro huquq normalarini taraflar turliça talqin qilmoqda. Ayrimlar, hududiy yaxlitlik eng oliy qadriyat desa, kimlardir har bir millat qaysi davlat hududida bölişidan qatʼi nazar öz davlatini tuzişga va özlari yaşayotgan davlat hududidan ajralib çiqişga haqli, deyişadi.
Ammo Töqayev ikkinçi toifa fikriga qöşilmasligini aytgan.
«Agar har bir millat bunaqa ajralib çiqaversa, yer yuzida 193 ta davlat örniga 500-600 dan ortiq davlat paydo böladi. Bu esa xaosni paydo qiladi. Şu sababdan Qozoğiston na Tayvanni, na Kosovo, na Janubiy Osetiya, na Abxaziyani tan oladi. Va öz navbatida Donetsk va Lugansk kabi kvazi (soxta) davlat hududlariga munosabatimiz ham şunday», — deya javob berdi Qozoğiston Prezidenti.
Şunçaki, qoyil.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 61

