Fizika fani öqituvçilariga ustama va mukofotlar belgilandi

Matn23-mart, 2021, 15:041 daqiqa0 koʻrish

OTMlarda fizikadan tögaraklar olib borayotgan professor-öqituvçilarning oylik maoşiga har oylik ustama haq tölanadi

Prezident qarorga köra, 2021-yil 1-sentabrdan:

➖ OTMning “Fizika”, “Biotibbiyot fizikasi”, “Fizika va astronomiya” kabi bakalavriat taʼlim yönalişi talabalari örtasida ötkaziladigan respublika fan olimpiadasi ğoliblari va fizika böyiça nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlari fizika mutaxassisliklari böyiça qabul parametrlaridan taşqari davlat granti asosida magistraturaga öqişga qabul qilinadi;

➖ fizika fanlari böyiça xalqaro va respublika olimpiadalari ğoliblarini tayyorlagan professor-öqituvçilarga oylik maoşining 100 foizi miqdorida bir martalik pul mukofoti;

➖ fizika fanlari böyiça talabalar uçun tögaraklar olib borayotgan professor-öqituvçilarning oylik maoşlariga 25 foiz miqdorida har oylik ustama haq tölanadi.

☑️ 2021-yil 1-noyabrgaça yoşlar örtasida fizika fanlariga qiziqişni oşiriş maqsadida “Yoş fiziklar portali” işga tuşiriladi.

☑️ Şuningdek, Samarqand davlat universiteti tuzilmasida fizika sohalari böyiça kadrlar tayyorlovçi “Samarqand davlat universitetining muhandislik fizikasi instituti” taşkil etiladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek