Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Özbekistonlik öquvçilar xalqaro olimpiadalarda medal oldi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0tahrirlangan

⚡️Ajoyib xuşxabar!

🥇🥈🥉 Özbekistonlik öquvçilar Xalqaro olimpiadalarda medallarni qölga kiritmoqdalar

Sport böyiça Olimpiada öyinlari bölayotgan bir paytda fan olimpiadalari ham ötkazilmoqda va ularda öquvçi uka-singillarimiz sovrindor bölişyapti.

Xususan, 62-Xalqaro matematika olimpiadasida iştirok etgan Buxoro viloyati Ğijduvon tumani 5-ixtisoslaşgan matematika maktabi öquvçisi Diyorbek Tolipov kumuş 🥈va Buxoro viloyati Xalqaro matematika maktabi öquvçisi Olimjon Olimov bronza 🥉 medali bilan taqdirlandi. Oxirgi marta Xalqaro matematika olimpiadasida 5 yil oldin kumuş olgandik.

Bundan taşqari, Biologiya fanidan bölib ötgan Xalqaro olimpiadada hamyurtlarimiz 2 ta oltin 🥇 va 1 ta kumuş 🥈medali sohibiga aylanişdi. Bular:

🥇Humoyun Norbekov -JDPI akademik litseyi 2-bosqiç öquvçisi- oltin medal;
🥇Aziza Abduvaliyeva -TPTI akademik litseyi 1-bosqiç öquvçisi-oltin medal;
🥈Yorqinbek Turdiboyev -Navoiy viloyati 11-IDUM öquvçisi-kumuş medal.

Ötgan yili biologiyadan 1 ta oltin va 2 ta kumuş bölgandi.

Quvonarli tomoni vanihoyat fizika fanidan ham medal oldik. Toşkent şahridagi 71-maktab öquvçisi Rail Xaşayev bronza medali oldi va maktab öquvçilari orasida Xalqaro fizika olimpiadasida medal olgan birinçi özbekistonlikka aylandi. Özi şu paytgaça fizika böyiça Xalqaro olimpiadadan Özbekiston faqat bittagina medal olgandi xolos, bu ikkinçisi böldi.

Endi navbat kimyogarlarimizga. Xalqaro kimyo olimpiadasi kelgusi haftada bölib ötişi rejalaştirilgan. Ulardan ham yuqori natijalarni kutib qolamiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek