Matematika olimpiadasi ğoliblariga 3 ta maşina beriladi
Matematika fanidan olimpiada ğoliblariga 3 ta maşina beriladi!
Sönggi vaqtlarda ilmga eʼtibor qaratilayotgani va bilimli yoşlar munosib rağbatlantirilayotgani quvonarli holdir, albatta.
Ana şunday yaxşi xabarlardan biri Qöqon universiteti tomonidan matematika fanidan maktab va akademik litsey öquvçilari örtasida «Qöqon olimpiadasi» ötkazilişi haqidagisi böldi.
Olimpiada respublikaning barça hududlaridan bölgan umumtaʼlim, Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablar, nodavlat taʼlim muassasalarining 5—11-sinflari, akademik litseylarning 1, 2-bosqiç öquvçilari örtasida uç guruhga bölib ötkazilişi közda tutilgan.
✅ Birinçi guruh - 5, 6 va 7-sinflar öquvçilari örtasida ötkaziladi va birinçi örinni qölga kiritgan ğolibga mukofot tariqasida «Nexia-3» avtomobili beriladi.
✅ Ikkinçi guruh – 8 va 9-sinflar öquvçilari örtasida bölib ötadi va bu guruh musobaqasi ğolibi ham «Nexia-3» avtomobilini qölga kiritadi.
✅ Uçinçi guruh esa maktablarning 10 va 11-sinf hamda akademik litseylarning barça öquvçilari örtasida ötkaziladi. Bu guruhda ğoliblikni qölga kiritgan öquvçi «Cobalt» avtomobili bilan taqdirlanadi.
Faqat sportçi çempionlar emas, bilimli yoşlar ham öz aql-zakovati bilan qimmatbaho avtomaşina sohibi bölişi kerak, deb öylayman. Zero, mamlakat kelajagi şu bilimli yoşlarning qölida.
Taşkilotçilarning xabar qilişiça, tez orada olimpiadada qatnaşiş tartibi va boşqa şartlari haqida töliq maʼlumot beriladi. Buning uçun olimpiada.kokanduni.uz saytini kuzatib borişingiz kerak böladi.



