Tonirovkadan tuşgan pullar qayerga işlatiladi
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0tahrirlanganTonirovkadan tuşgan pullar qayerga işlatiladi?
Aytgança, mavzu oçilganda yana bir narsani eslatib ötişimiz zarur. Xalq buni bilişi kerak.
Köpçilik tonirovka haqida gap ketganda «davlat byudjeti» degan jumlalarni işlatmoqda. «Davlat bunça foyda qilmoqçi, byudjetga bunça pul tuşirmoqçi» degan fikrlarni öqib, aslida tonirovkadan tuşgan pullar nimaga sarflanişi haqida maʼlumot berişni joiz deb bildim.
Vazirlar Mahkamasining 18.07.2018-yildagi qarorining 2-bandida tonirovkadan tuşgan pullar qayerga sarflanişi aniq körsatilgan. Demak, tuşgan mablağlar quyidagilarga maqsadli yönaltiriladi:
👉 Içki işlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantiriş, xodimlarini moddiy rağbatlantirişga va boşqa xarajatlar Maxsus jamğarmasiga;
👉 DYHXX moddiy-texnika bazasini rivojlantirişga;
👉 DYHXX xodimlarini ijtimoiy rağbatlantirişga;
👉 keyinçalik «Innovatsiya loyihalari va aholiga servis xizmatlar körsatiş markazi» DUKning tonirovka qiliş bilan boğliq xarajatlarini qoplaşga.
Şuningdek, qaror ijrosini taʼminlaş maqsadida IIV Maxsus jamğarmasida alohida bank hisob raqami oçilgan.
Körib turganingizdek, tonirovkadan tuşgan pullarning bir tiyini ham umumiy davlat byudjetiga ötkazilmaydi. Demakki, tonirovkaning pullaridan maktablar qurilmaydi, şaharlar obod bölmaydi, yöllar taʼmirlanmaydi, «Obod qişloq» yoki «Obod mahalla» loyihalariga sarflanmaydi, öqituvçi yoki şifokorlarning maoşi yoki keksalarimizning pensiyalari oşirilmaydi va h.k.
Tuşgan pullar faqat va faqat içki işlar organlarining maxsus jamğarmasiga tuşadi, şu tizimga sarflanadi, IIO xodimlarining oyligini oşirişga işlatiladi.
Balki şuning uçundir IIV masʼullari tonirovkadan tuşum kamayib ketmasligi uçun ruxsatsiz tonirovka örnatişga jarimani 25 baravar (!) kötarişni taklif qilişdi va buni uddalaşdi ham. Avval 200 ming söm bölgan jarima birdaniga 5 mln sömga aylandi. 1-fevraldan 6 mln söm böladi.
Yoki yillar davomida qonunda ruxsat bölsa ham orqa yon oynalarga parda örnatişni asossiz taqiqlab, minglab haydovçilarni noqonuniy jarimaga tortişgani ham hali yodimizdan çiqqani yöq.
Takliflar:
1) Heç bölmasa, orqa yon oynaga yilning issiq mavsumida (may-sentabr) tonirovka örnatiş bepul bölişi kerak, qolgan paytlari, mayli, pullik bölsin;
2) Ruxsatsiz tonirovka örnatganlik uçun jarimani keskin kamaytiriş va sal mantiqli körinişga keltiriş kerak.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 3


