Tonirovka uçun tölangan mablağlar miqdori maʼlum böldi
Tonirovka uçun haydovçilar qança pul tölagan?
2020-yil davomida tonirovka uçun 50 ming 758 ta ruxsatnoma berilib, jami 188 mlrd. 395 mln. söm pul mablağlari olingan. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Özi umuman tonirovkaga rasman ruxsat berilgan paytdan boşlab, yaʼni 2019-yil 5-avgustdan 2020-yil 31-dekabr kuniga qadar 82 ming 125 ta ruxsatnoma berilib, jami 302 mlrd. 635 mln. söm (salkam 29 mln dollar) pul mablağlari tölov sifatida undirilgan.
Bundan körib turibdiki, tonirovka havodan pul topişning eng oddiy va oson yöli bölib qoldi. Xalqning ehtiyoji, Özbekiston iqlimining quyoşli ekanligidan foydalanib, Içki işlar vazirligi aholiga soyani 29 mln dollarga sotibdi. Lyubaya biznes xoroşa.
Va eng alam qiladigani tonirovkani ruxsatsiz örnatganlik uçun jarima miqdorini noinsoflarça eng maksimalga kötarib qöyişgan. Yaʼni eng xavfli qoidabuzarlik sifatida baholaşgan. Aslida ruxsatsiz tonirovka heç kimga heç qanday zarar yetkazmaydi, na jamiyatga, na öziga, na boşqa şaxslarga.
Bu haqda ötgan yili YouTube kanalimda alohida töxtalgan edim:
https://youtu.be/nIXJtTdykfk
Tonirovkani ehtiyoj uçun emas, oddiy dabdaba va köz-köz uçun örnatadiganlar ham bor. Lekin bu boşqa masala. Bunaqalar doim bölgan, bor va böladi ham.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2



