Tonirovka va yöl harakati xavfsizligi masalasi
Xushnudbek.uzVideo4 daqiqa0Içki işlar vazirligi vakili aytmoqda: «Avtomobillar oynalari qoraytirilgani yöl-transport hodisasi sodir etilişiga sabab bölmaydi. Özbekistonda aynan «tonirovka» tufayli yuz bergan YTH röyxatga olinmagan».
❓Agar tonirovka yöl harakati uçun heç qanday xavf tuğdirmasa, unda nega uni örnatiş pullik? Nega jarimalari rekord darajada qimmat?
Mayli, ruxsatnoma uçun qandaydir ramziy tölov bölsin ham deylik, lekin bu tölov nima uçun old va orqa yon oynalarga 11 mln 150 ming söm, orqa yon oynaning öziga 1 mln 115 ming söm etib belgilangan? Va bu tölov bir yil uçun xolos.
Bu narx nimaga asosan belgilangan? Va bu narx adolatli deb ayta olamizmi? Masalan, orqa yon oynaga tonirovka qilişni tekin yoki aytaylik 20-30 ming söm qilib qöysak, jamiyatga biror zarar yetadimi?
Orqa yon oynaga parda örnatiş huquqini qölga kiritiş uçun bir neça yil kuraşib, sudma-sud yurilganini eslayman-da, heç bölmasa şunisiga ham şukr deb qöyaman içimda. Qonunda şundoq ham bor huquqlarga şunça kuraşdik, yöğiga erişiş yanada qiyin-ov...
👉 @xushnudbek 👈
