Tonirovka böyiça Hukumat qarori qabul qilindi
⚡️RASMAN: Tonirovka böyiça Hukumat qarori qabul qilindi!
Örtoqlar, fikrlarimiz Hukumat tomonidan inobatga olinib, yana bir özgariş amalga oşdi. Tonirovkaga oid Vazirlar Mahkamasining 2-avgustdagi 646-sonli qarori qabul qilindi.
Yangiliklar quyidagiça:
👉 Tonirovkaning yoruğlik ötkazuvçanlik darajasi quyidagiça belgilandi:
orqa oyna (lobovoy) – 100% gaça;
orqa yon oyna (orqa eşik) – 100% gaça;
old yon oynaga (haydovçining yoni) – 50% gaça.
old oynaning tepa qismidan 14 sm polosa – 100% gaça;
turistik avtobus, mikroavtobus va miniven yon oynalari – 50%gaça.
👉 Tonirovka narxlari biz avvalroq eʼlon qilgan loyihadan biroz farqli (ayrim qismlari arzonroq) bölib tasdiqlandi:
• Orqa oyna (lobovoy) uçun: TEKIN (ruxsatnoma oliş şartmas)
• Old oynaning tepa qismidan 14 sm polosa – TEKIN (ruxsatnoma oliş şartmas)
• Orqa yon oyna (orqa eşik) uçun (1 YILGA):
jismoniy şaxslarga - 10 barobar (2 mln 230 ming söm);
yuridik şaxslarga - 10 barobar (2 mln 230 ming söm);
xorijiy taşkilotlarga - 20 barobar (4 mln 460 ming söm).
• Old va orqa yon oynalar uçun (barça yon oynalar) (1 YILGA):
jismoniy şaxslarga - 50 barobar (11 mln 150 ming söm);
yuridik şaxslarga - 50 barobar (11 mln 150 ming söm);
xorijiy taşkilotlarga - 80 barobar (17 mln 840 ming söm).
• Turistik avtobuslar ham 50 barobar (11 mln 150 ming söm) miqdorida.
👉 Içki işlar organlari tonirovkaga ruxsat berilganligi töğrisida maxsus emblema (gologramma) beradi va haydovçilar uşbu gologrammani old oynalarga yopiştirib yurişlari lozim;
👉 2 oy muddatda tonirovka uçun belgilangan jarimalar miqdori tonirovka uçun tölov stavkalariga teng bölgan miqdorda (hozir 5 mln 575 ming söm edi) özgartirişni nazarda tutuvçi qonun loyihasi işlab çiqiladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1

