Prezident hokimlarni xalqdan uzr söraşga çaqirdi

Matn3-avgust, 2019, 07:262 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Prezident nutqidan parça:

«Aripov (izoh – Boş vazir) bilan Nizomiddinovga (izoh – Prezident Administratsiyasi boşliği) topşiriq, qaysi viloyat hokimini işdan olişni taklif bering. Menga kerak emas! Men yana bir marta aytyapman, bu siyosat bilan biz uzoqqa bora olmaymiz – zöravonlik siyosati bilan! Agar zöravonlik siyosati (zör) bölganda 30 yilda zör bölib ketardik.

Bu — madaniyatsizlik, Ermanovning (izoh – Xorazm viloyati hokimi) qilgan qiliği, Röziyevning (izoh – Qaşqadaryo viloyati hokimi) qilgan xiyonati... Röziyev qilgan iş – xiyonat!

Uçalasi internetga murojaat qilsin, uçta hokimingiz, Abdulla Nigmatoviç. Internetga. Röziyev ham, Ermanov ham, Ğaniyev (izoh – Farğona viloyati hokimi) ham. Hammasi. Qanday qilib murojaat qilişni Siz özingiz ayting. Butun elga aytsin, «mening ahmoqligim uçun, mening xiyonatim uçun Özbekistonni bunaqa öylamanglar, men ahmoqman, men xiyonat qilganman, millat emas, mamlakat emas, davlat emas» deb.

Kerak bölsa, öşa butun blogerlarning hammasini yiğsin ular. Yiğsin, blogerlarga özlari hisobot bersin».

👏👏👏👏

Örtoqlar, buni jamoatçilikning tom maʼnodagi ğalabasi deyiş mumkin. Buni jamoatçilik fikrining davlat rahbari tomonidan eʼtirof etilişi sifatida baholaş mumkin.

Öz vaqtida «Hokimlarga heç kim tegmasin, ular mening odamim» deya eʼtirof etgan Prezident, bugunga kelib öşa hokimlarni blogerlar va ular orqali butun el oldida hisobot berişga, uzr söraşga topşiriq bermoqda.

Bu nimadan dalolat? Bu — xalq oldida kerak bölsa barça boş egişga majburligidan, xalqning ğazabi, xalqning noroziligi har qanday himoya va immunitet qörğonini parçalab taşlaşi mumkinligidan darak! U hokim böladimi, boşqa vallomat böladimi, farqi yöq.

Rahmat, janob Prezident!

(davrani kengroq oling, blogerlar öynasin 😀)

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek