Buxoro şahar prokurori murojaati böyiça komissiya tuzildi
Manba:UzA | Tezkor xabarlar
Buxoro şahar prokurori J.Fozilovning ijtimoiy
tarmoqlar orqali qilgan murojaatida keltirilgan
vajlarni örganiş yuzasidan
Joriy yil 11-dekabr kunidan buyon internet tarmoği orqali Buxoro şahar prokurori J.Fozilov tomonidan tarqatilgan videomurojaatlarda prokuratura organlarining ayrim xodimlari tomonidan qonunbuzarlik holatlariga yöl qöyilayotganligi maʼlum qilingan.
J.Fozilovning vajlarini sinçkovlik bilan har tomonlama va xolisona tekşiriş hamda holatga baho beriş maqsadida joriy yil 14-dekabr kuni Respublika idoralararo komissiyasi tuzildi.
Komissiya tarkibiga Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlis Senati, Prezident huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi, Adliya vazirligi, Boş prokuratura, şuningdek Özbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasining masʼul xodimlari kiritildi.
Komissiya murojaatda keltirilgan qonunbuzarlik holatlarini joyiga çiqqan holda, J.Fozilovning barça vajlarini bevosita özining iştirokida çuqur va xolisona örganilişini taşkil etadi.
Tekşiriş natijalari böyiça qöşimça ravişda xabar beriladi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining
Xalq qabulxonasi
Kanalga ulaniş:
➡️ @uzauz


