Buxoro şahar prokurori J.Fozilovga nisbatan tekşiruv

Matn11-dekabr, 2020, 23:081 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Rasmiy bayonot

Boş prokuratura tomonidan Buxoro şahridagi tadbirkorning Buxoro şahar prokurori J.Fozilovning noqonuniy xatti-harakatlari haqidagi arizasi tekşirilmoqda.

Muallif arizasida şahar prokurori J.Fozilovning tazyiqi bilan Buxoro şahrida qurgan yirik savdo majmuasidan 1 metr kvadratining haqiqiy narxi 20 mln. söm bölgan savdo dökonini unga 5 mln. sömdan sotganligini, oradan bir yil ötib, yaʼni 2020-yil oktabr oyida şu narxdan yana bitta dökonni sotişini talab qilganligini, rad javobini berganligi uçun J.Fozilov uni tergovga çaqirib, javobgar qiliş bilan qörqitayotganligini bildirgan.

Uşbu holat böyiça J.Fozilovga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlanib, tekşiruvning xolisona va adolatli ötkazilişini taʼminlaş, iş holatlariga töliq oydinlik kiritiş, har qanday aralaşuv va taʼsirlarning oldini oliş maqsadida u 2020-yil 2-dekabr kuni xizmat vazifalarini bajarişdan vaqtinça ozod qilingan.

Tekşiriş davomida arizada keltirilgan barça vajlar, şu jumladan J.Fozilovning 2020-yil 11-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida bildirgan holatlarga töliq va haqqoniy baho beriladi.

Şu bilan birga, Boş prokuratura murojaat va bayonotda bildirilgan barça masalalar böyiça şaffof va oşkora örganiş ötkazilişini, bunda jamoatçilik nazoratini taʼminlaş uçun doimiy hamkorlikka tayyorligini maʼlum qiladi.

«Tekşiriş natijasi böyiça qöşimça ravişda maʼlumot beriladi», - deyiladi Boş prokuratura bayonotida.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek