Buxoro şahar prokurori Jasur Fozilov lavozimiga qaytdi

Matn21-dekabr, 2020, 21:011 daqiqa0 koʻrish

Ijtimoiy tarmoqlarda maşhur bölgan Buxoro şahar prokurori yana öz lavozimiga qaytdi va unga «hayfsan» berildi

Bu haqda Boş prokuratura bayonot berdi. Unda aytilişiça, bir tadbirkorning Buxoro şahar prokurori Jasur Fozilovning xatti-harakatlaridan norozi bölib yozgan arizasi yuzasidan xizmat tekşiruvi ötkazilayotgani tufayli J.Fozilov 2-dekabr kuni xizmat vazifalarini bajarişdan vaqtinça çetlaştirilgan edi.

Xizmat tekşiruvi yakunlanganligi munosabati bilan Boş prokurorning buyruğiga asosan J.Fozilov joriy yil 19-dekabrdan xizmat vazifalarini bajarişga kirişdi.

Boş prokuraturaning xabariga köra, xizmat tekşiruvida J.Fozilov öz xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmasdan, masʼuliyatsizlikka yöl qöyib, özi rahbarlik qilayotgan prokuratura iş yurituvida bölgan jinoyat işining tergovi ustidan nazoratni taʼminlamaganligi, amaldagi qonunçilik bilan muqobil tekşiruvlar bekor qilingan bölsa-da, jinoyat işiga aloqasi bölmagan xöjalik yurituvçi subyektlar mansabdor şaxslarini tergovga jalb qilib, söroq qiliş orqali muqobil tekşiriş, şuningdek, asossiz ravişda tadbirkorni çaqirtiriş va majburiy keltiriş haqida qöl ostidagi tergovçiga topşiriq berganligi aniqlangan.

Şu sababli Buxoro şahar prokurori J.Fozilovga “Hayfsan” intizomiy jazosi qöllangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq J.Fozilovning videomurojaatida aytilgan barça qonunbuziliş holatlarini örganib çiqiş uçun Respublika idoralararo komissiyasi tuzilgani xabar qilingandi. Komissiya tarkibida Prezident Administratsiyasi, Senat, Biznes-ombudsman, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi, Adliya vazirligi, Boş prokuratura, şuningdek Prezidentning Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasining masʼul xodimlari kiritildi. Komissiyaning örganiş natijalari qöşimça eʼlon qilinişi aytilgandi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek