Boş prokuror Buxoro viloyatida sayyor qabul ötkazadi
BOŞ PROKUROR 2-3-APREL KUNLARI BUXORO VILOYATIDA SAYYOR QABUL ÖTKAZADI
Joriy yilning 2-3-aprel kunlari Özbekiston Respublikasi Boş prokurori Buxoro viloyatida sayyor qabul ötkazadi.
2019-yil 2-aprel kuni Jondor tumani musiqa va sanʼat maktabi binosida Qoraköl, Olot, Jondor, Peşkö, Romitan, Şofirkon hamda Buxoro tumanlari aholisi uçun sayyor qabul ötkaziladi.
3-aprel kuni esa Kogon şahar hokimligi binosida Buxoro va Kogon şahri, şuningdek Kogon, Ğijduvon, Vobkent, Qorovulbozor tumanlari aholisi uçun sayyor qabul bölib ötadi.
«Boş prokuror qabuliga kirişni xohlagan fuqarolardan aynan qaysi masalada murojaat qiliş istagida ekanliklari haqida imkoniyat darajasida avvaldan Buxoro viloyati prokuraturasiga 65-221-70-23 telefon raqami orqali murojaat qilişlarini söraymiz. Bu murojaatingizni manzilli örganiş va joyida hal etiş imkonini yaratadi», - deyiladi Boş prokuratura xabarida.

