Xorijdagi diplomlarni tan oliş tartibi osonlaşdi

Matn31-mart, 2019, 18:001 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Xorijdagi diplomlarni tan oliş endi yana ham osonlaşdi
(post tahrirlandi: 01.04.19, 19:23)

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-martdagi 261-sonli qaroriga binoan, «Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik töğrisidagi hujjatlarni tan oliş va nostrifikatsiyalaş (ekvivalentligini qayd etiş) tartibi töğrisida»gi nizomga özgariş kiritildi.

Özgarişga köra, xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik töğrisidagi hujjatni tan oliş talablari röyxatidan taʼlim töğrisidagi hujjat Özbekiston Respublikasida amalda mavjud bölgan taʼlim şaklida öqib olingan bölişi kerakligi haqidagi qoida çiqarib taşlandi.

Bu nima degani?

Ilgari xorijda olingan diplom albatta Özbekistonda mavjud bölgan taʼlim şaklida bölişi kerak edi. Masalan, bizda ança yillar sirtqi va keçki taʼlim mavjud emasdi. Şu sababli xorijda sirtqi va keçki taʼlimda öqiganlarning diplomi yaʼni tan olinmasdi.

Yoki xuddi şu kabi muammo hozirgaça masofaviy (distansion) taʼlimda ham bor. Yaʼni bugungi kunda Özbekistonda masofaviy taʼlim şakli yöq, şu sababli xorijiy OTMlarda masofaviy öqib, olingan diplomlar bizda tan olinmaydi.

Endilikda esa, xuddi şu talab bekor böldi va bemalol istalgan taʼlim şaklida olingan xorijiy diplomlar ham Özbekistonda tan olinişi mumkin!

❗️P.S.: postning avvalgi tahririda 2 ta joyda «nostrifikatsiya» sözi notöğri işlatilgan ekan. Mazkur özgariş faqat tan olişga tatbiq qilinadi, lekin nostrifikatsiyaga emas. Çunki tan oliş va nostrifikatsiya boşqa-boşqa tuşunçalar, bir-biridan farq qiladi. Tuşunmovçilik uçun uzr sörayman.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek