Xorijda olingan diplomlarni tan olish tartibi va shartlari
Xorijda olingan diplomlar Özbekistonda tan olinadimi? (2-qism)
Qaçon rad etiladi?
Quyidagi hollarda tan oliş böyiça salbiy xulosa (rad etiş) qabul qilinadi:
a) xorijiy davlatlarda kasbiy maʼlumot töğrisida hujjat beradigan taʼlimning umumiy meyoriy davri Özbekiston taʼlim standartlarida nazarda tutilgan davrdan ikki yildan kam bölsa;
b) xorijiy davlatda uning egasiga Özbekistondagiga qaraganda taʼlim oliş va (yoki) kasbiy faoliyat bilan şuğullaniş uçun kam huquqlar berilgan bölsa (hujjat egasi taʼlimning keyingi bosqiçida öqişni davom ettiriş, kasbiy faoliyat bilan şuğullaniş huquqiga ega bölmasa);
v) maʼlumot Özbekiston qonunçiligida nazarda tutilmagan taʼlim şaklida olingan bölsa (masalan, masofaviy taʼlim);
g) oliy taʼlim bosqiçlarida:
bakalavriat böyiça öqiş muddati uç yildan kam bölsa yoki Yevropa taʼlim tizimi asosida öqiş davomida 240 dan kam kredit töplagan bölsa;
magistratura böyiça öqiş muddati bir yildan kam bölsa;
bakalavriat va magistratura qöşib öqitiladigan taʼlim dasturlari böyiça taʼlim olganda umumiy öqiş davri uç yildan kam bölsa.
Xorijiy taʼlim töğrisidagi hujjatlarni tan olişni boşqa asoslar böyiça rad etiş taqiqlanadi.
Ekspertlar va test
Oliy taʼlim va kadrlarni qayta tayyorlaş taʼlimi olganlik töğrisida xorijiy diplomni tan oliş 2 bosqiçda amalga oşadi:
1) avval maxsus ekspert komissiyasi körib çiqadi va öz xulosasini beradi;
2) ekspertlar ijobiy xulosa bergaç, Davlat inspeksiyasi tomonidan test sinovlari olinadi.
Ekspertiza quyidagilarni hisobga olgan holda amalga oşiriladi:
- öqitilgan taʼlim dasturlari yoki öquv rejalari hajmi va mazmuni;
- özlaştirilgan mutaxassislik (ixtisoslik) fanlari hajmi (fanlarning nomi va soatlar miqdori);
- amaliyotning mavjudligi va uning davomiyligi.
Olingan bilimlar va malaka yakuniy tayyorgarlik nuqtai nazaridan taʼlim dasturlari, öquv rejalari va özlaştirilgan bilimlar majmuidagi farqlarni hisobga olgan holda baholanadi.
Test sinovlari 50 ta savoldan iborat bölib, har bir test savoli uçun 2 daqiqadan, jami 100 daqiqa vaqt beriladi. Har bir töğri bajarilgan test savoli 2 ball bilan baholanadi.
Test sinovlari natijalariga köra 54 va undan kam ball töplagan talabgorlarning taʼlim töğrisidagi hujjatlari tan olinmaydi.
Ekspert komissiyalari ijobiy xulosa bergan hamda testdan muvaffaqiyatli ötganlarga, şuningdek, töğridan-töğri (sinovlarsiz) tan olingan talabgorlarga hujjati tan olinişi haqida maxsus guvohnoma beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
