Yallama postidagi jinoiy guruh jabrlanuvçilari qidirilmoqda
«Yallama» postidagi jinoiy guruh faoliyatidan jabr körgan fuqarolarning aloqaga çiqişi söraldi
Toşkent viloyati bojxona boşqarmasiga qaraşli «Yallama» çegara-bojxona postiga tutaş hududda 5-avgust kuni DXX va Davlat bojxona qömitasi hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida jismoniy şaxslar va bojxona xodimlaridan iborat jinoiy guruh faoliyati foş etilgan edi.
Uşbu jinoiy guruh aʼzolari Özbekiston—Qozoğiston davlat çegarasida joylaşgan «Yallama» çegara-bojxona postidan yuk avtotransport vositalarini navbatsiz va tezlaştirgan holda ötkazişni vaʼda qilib, avtotransport vositalari haydovçilaridan hamda tadbirkorlardan taʼmagirlik yöli bilan muntazam ravişda pul olib kelişgan.
Xabar berişlariça, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalariga muvofiq jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ayni vaqtda tergov organlari uşbu jinoiy guruh aʼzolaridan jabr körgan fuqarolarning aloqaga çiqişini söramoqda.
«Hurmatli fuqarolar! Agarda Siz uşbu jinoiy guruh aʼzolaridan jabr körgan bölsangiz, (+99871) 259-35-40, (+99890) 950-04-40, (+99897) 443-00-22 telefon raqamlariga murojaat qilişingizni söraymiz», — deyiladi murojaatda.
👉 @xushnudbek 👈

