Xorijda olingan diplomlarni tan oliş tartibi

Matn21-sentabr, 2019, 10:063 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Xorijda olingan diplomlar Özbekistonda tan olinadimi? (1-qism)

Xorijda öqiyotgan yoki öqib kelgan yurtdoşlarimizdan «bizning diplomimiz Özbekistonda ötadimi?» degan juda köp savollar kelib tuşadi.

Şunga köra, bu böyiça qisqa tuşuntiriş berib ötmoqçiman.

Huquqiy asosi

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik töğrisidagi hujjatlarni tan oliş tartibi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qarori bilan belgilangan.

Diplomlar qanday tan olinadi?

Bir narsani bilişingiz kerakki, xorijda olingan har qanday diplom Özbekistonda tan olinişi uçun Taʼlim sifatini nazorat qiliş inspeksiyasidan maxsus guvohnoma oliş kerak. Xorijiy taʼlim töğrisidagi hujjat guvohnoma bilan birgalikda taqdim etilgandagina Özbekiston hududida qonuniy kuçga ega böladi.

Xorijiy diplomlarni tan olişning 2 xil yöli bor: biri maxsus sinovlar asosida, ikkinçisi töğridan-töğri (maxsus sinovlarsiz).

Qaysi hujjatlar maxsus sinovlarsiz tan olinadi?

Quyidagilarda taʼlim olganlarning hujjatlari töğridan-töğri (sinovlarsiz) tan olinadi:

1) xorijiy davlatlarda umumiy örta, örta, örta maxsus, kasb-hunar va malaka oşiriş taʼlimini olgan;

2) Özbekiston hududida alohida bölinmalari (filiallari) va qöşma taʼlim muassasalari faoliyat yuritayotgan xorijiy taʼlim muassasalarida;

3) QS, THE, ARWU xalqaro reytingida TOP-1000 talik kirgan OTMlarda;

4) vazirlik va idoralarning yöllanmalari asosida mutaxassislarni maqsadli tayyorlaş uçun xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvotalar (grantlar) hisobidan;

5) 1992-yil 1-yanvargaça xorijiy taʼlim muassasalariga öqişga kirganlar;

6) Oliy taʼlimda sifatni kafolatlaş Yevropa assotsiatsiyasining (European Association for Quality Assurance in Higher Education) tölaqonli aʼzolari — vakolatli taşkilotlar tomonidan akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalarida (barçasi emas, ayrim istisnolar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi);

7) AQŞ, Avstraliya, Isroil, Kanada, Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiya davlatlarining akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalarida (barçasi emas, ayrim istisnolar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi);

8) xorijiy OTMlarda mutaxassislarni maqsadli tayyorlaş uçun vazirliklar va idoralari tomonidan ajratilgan mablağlar hisobiga taʼlim olgan;

9) Özbekistonning xalqaro şartnomalari, Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda taʼlim olganlik töğrisidagi hujjatlar.

Agar Siz yuqoridagi röyxatga tuşmasangiz, demak, diplomingiz maxsus sinovdan keyingina Özbekistonda tan olinadi.

Arizalar qayerga topşiriladi?

Hujjatlarni tan oliş töğrisidagi arizalar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali qabul qilinadi.

Agar yagona portaldagi statistikani körsak, sönggi 1 yilda 7981 ta ariza kelib tuşgan, şundan 1376 tasi (17%) qanoatlantirilgan, 3212 tasi (40%) rad etilgan, 3361 tasi (42%) körib çiqilmoqda (surat pastda ilova qilinmoqda).

Qança haq tölanadi?

Hujjatlarni tan oliş böyiça davlat xizmatini körsatganlik uçun bazaviy hisoblaş miqdorining uç baravari (669 ming söm) miqdorida yiğim undiriladi. Agar my.gov.uz portali orqali ariza yuborilsa, şu summaning 90% tölanadi.

Qanday talablar qöyiladi?

Xorijiy taʼlim töğrisidagi hujjatlarni tan oliş haqida ijobiy xulosa beriş uçun quyidagilar asos hisoblanadi:
1) berilgan hujjatning öşa davlat tomonidan tan olingan bölişi;
2) taʼlim standartlarining yoki taʼlim dasturlarining Özbekistonda amalda bölgan standart va dasturlarga muvofiqligi;
3) Özbekiston va xorijiy davlatning taʼlim tizimiga qöyilgan umumiy talablarning mosligi.

❗️ESLATMA: Bir narsani yaxşilab anglaşingiz kerakki, xorijda olingan barça diplomlar ham avtomatik tan olinmaydi. Buning öziga yaraşa tartibi va imtihoni bor.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek