Paxta mavsumida majburiy mehnat böyiça monitoring ötkaziladi

Matn20-sentabr, 2019, 12:142 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Kasaba uyuşmalari Federatsiyasi paxta mavsumida majburiy mehnatga yöl qöyilmaslik böyiça Milliy monitoring ötkazadi

Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasida ötkazilgan brifingda paxta yiğim-terimi mavsumida terimçilar uçun şart-şaroit yaratilişini nazorat qiliş, bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanmaslik yuzasidan 25-sentabrdan 31-oktabrgaça Milliy monitoring ötkazilişi maʼlum qilindi.

Milliy monitoringda tarmoq va hududiy kasaba uyuşmalari, Xotin-qizlar qömitasi, Savdo-sanoat palatasi, Yoşlar ittifoqi va joylardagi NNT vakillari, mahalliy huquq himoyaçilari, şuningdek AQŞ, Yevropa davlatlari va bir qator xalqaro kasaba uyuşmalari markazlari vakillarining iştirok etişi kutilmoqda.

Monitoring guruhlari rahbarlari kasaba uyuşmalari Federatsiyasi tomonidan internet tarmoğiga ulangan planşetlar bilan taʼminlanadi hamda zaruriy taşkiliy-texnik kömak körsatib boriladi.

Örganiş jarayonida paxta terayotgan voyaga yetmagan şaxslar aniqlansa, ularni zudlik bilan daladan olib çiqiş va öquv dargohiga yoki uyiga qaytariş çoralari köriladi.

Majburiy mehnatdan foydalaniş holatlari aniqlangan holda ham zudlik bilan Akt (Dalolatnoma) tuziladi hamda mehnat inspeksiyasi çaqirilib, ularni iş joylariga qaytariş çoralari köriladi.

Alohida taʼkidlaş zarurki:

– korxona, taşkilot va muassasalar xodimlaridan heç kimni mehnat şartnomasini bekor qiliş yoki intizomiy jazo beriş tahdidi ostida paxta yiğim-terimiga jalb etiş mumkin emas;

– heç bir korxona, taşkilot, muassasa rahbari xodimlarni paxta yiğim-terimiga yuboriş töğrisida buyruq çiqarişi mumkin emas;

– mehnatkaşlar, tadbirkorlar, dehqon bozorlarida savdo-sotiq bilan şuğullanuvçilar, mahallalarda istiqomat qiluvçi fuqarolardan paxta yiğim-terimi uçun pul mablağlari yiğiş qatʼiyan taqiqlanadi;

– terilgan paxtaning har bir kilogrammi uçun tölanadigan terim pullari har beş kunda, terimçilar xohişiga köra zarurat tuğilganda – har kuni tölanişi lozim.

Şuningdek, majburiy mehnat qaltisliklarini keltirib çiqaruvçi boşqa alomatlar, yaʼni fuqaroning zaifligini suiisteʼmol qiliş, aldov, hujjatlarni olib qöyiş, iş haqini tölamaslik, xavfli mehnat şaroitlarida işlatiş, iş vaqti meyorlariga rioya qilmaslik kabi holatlar ham qonunan taqiqlanadi.

Yuqoridagi qonunbuziliş holatlari röy berganda huquqni muhofaza qiliş organlarga yoki kasaba uyuşmalarining 10-92 raqamli “Işonç telefoni”ga xabar beriş lozim.

Bundan taşqari joriy yildan boşlab majburiy mehnatga oid holatlar töğrisida @kasaba_bot Telegram boti orqali ham murojaat qoldiriş mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek