Paxta terimi va majburiy mehnat böyiça savollarga javoblar

Matn17-sentabr, 2018, 10:342 daqiqa0 koʻrish

Paxta böyiça eng köp berilayotgan savollar:

Paxtaga çiqiş majburiymi?
Yöq, majburiy emas! Majburiy bölişi mumkin ham emas!

Paxtaga örniga odam beriş majburiymi?
Yöq, majburiy emas! Majburiy bölişi mumkin ham emas!

Paxtaga pul beriş (yoki oyligidan uşlab qoliş) majburiymi?
Yöq, majburiy emas! Majburiy bölişi mumkin ham emas!

Paxtaga çiqmaslik faqat öqituvçi va şifokorlargami, boşqa taşkilotlar çiqişadimi?
Yöq, barçaga majburiy emas. Qayerda, qaysi taşkilotda, qaysi lavozimda işlaşidan yoki işsizligidan qatʼi nazar.

Tadbirkorlar paxtaga pul berişga majburmi?
Yöq, majbur emas. Buni talab qilişga heç kimning haqqi yöq. Özi istaganlar paxta terimining taşkiliy işlari uçun xayriya qilişi mumkin.

Bankdagilar örniga odam berişga majburmi?
Yöq, majbur emas. Buni talab qilişga heç kimning haqqi yöq.

Mahalladagi işsizlar paxtaga çiqişga majburmi?
Yöq, majbur emas. Lekin uyida ğirt bekorçi bölib, ertadan keçgaça televizor körib yotgandan köra, öz ixtiyori bilan çiqib, qöşimça daromad oliş maqsadida paxta terimiga çiqişi tavsiya etiladi. Mehnatdan birov ölmagan, qaytanga 2-3 mln atrofida daromad olişi, rözğoriga foyda keltirişi mumkin. Albatta bu ham faqat ixtiyoriy bölişi kerak.

Paxta terimiga çiqmoqçi bölganlarga qayerga murojaat qilişi kerak?
Öz ixtiyori bilan paxtaga çiqmoqçi bölganlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy bölimlariga yoki 712000602 telefon raqamiga murojaat qilişlari mumkin. Yoki Telegramdagi @terimuzbot botiga yoxud terim.uz saytiga murojaat qilişi mumkin.

Paxtaga çiqmagan xodimlarni işdan böşatiş mumkinmi?
Mumkin emas. Bunday holatda xodimlar qayta işga tiklanadi.

Mahalla raisi paxtaga çiqmagan ayollarning nafaqasidan pul uşlab qolişi mumkinmi?
Yöq, mumkin emas. Ayrim hollarda mahalla raisi paxtaga çiqmasang, butunlay nafaqangni qirqib taşlayman, deb ham qörqitadi, mana şu talab ham qonunga xilof.

Şifokorlar paxtaga çiqarilyaptiku!?
Ha, şifokor va hamşiralar paxtaga çiqarilayotgan ekan, lekin paxta teriş uçun emas. Öz xizmat vazifasidan kelib çiqib, terimçilar otryadiga şifokor va hamşiralar xizmat safari tarzida biriktirilmoqda, ular terimçilarning soğliğini doimiy nazorat qilib turişadi, zarur bölganda birinçi tez tibbiy yordam körsatişadi. Bu majburiy mehnat hisoblanmaydi.

1 kg paxta tergani uçun qança haq beriladi?
Umumiy holatda 1-terim uçun 650 söm beriladi. Aholi kam bölgan ayrim hududlarda esa 1-terim 950 söm qilib belgilangan.
Batafsil maʼlumotni quyidagi manzildan olişingiz mumkin:
https://t.me/xushnudbek/992

Agar majburiy mehnat holatiga duç kelinsa, qayerga murojaat qiliş mumkin?
Agar majburiy mehnatga jalb qilinsangiz quyidagi işonç telefonlariga murojaat qilişingiz mumkin:
Boş prokuratura - 1007
Kasaba uyuşmalari - 1092
Mehnat vazirligi - 712000600

Yoki @paxta2018_bot botiga yozişingiz, ovozli xabar qoldirişingiz mumkin.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek