Namanganda paxta uçun majburiy mehnat holatlari tekşirildi
@paxta2018_bot botiga köplab xabarlar kelib tuşmoqda. Ularning aksariyati savollardan iborat, lekin muammolar ham kam emas. Muammo va majburiy mehnatga oid xabarlar joylarda örganib çiqilmoqda.
Masalan, şunday xabarlardan biri asosida Namangan şahar prokuraturasi tomonidan joriy yilning 14-sentabr kuni Namangan şahar «Çorsu dehqon universal bozori» AJda 2018-yil paxta yiğim terimi uçun majburiy mehnatga jalb qiliş holatlari va terim uçun majburiy pul yiğimlari yiğiş holatlari tekşirildi.
Tekşiruvda, dehqon bozori hududida savdo qiluvçi tadbirkorlar, nazoratçilar va AJ maʼmuriyatining xodimlari bilan suhbatlar ötkazilganda, savdogarlardan pul mablağlari yiğilmagani va majburiy mehnatga jalb qilinmagani, faqatgina bozor maʼmuriyati tomonidan paxta yiğim terimi mavsumida ixtiyoriy ravişda qatnaşişi mumkinligi, ularga tölanadigan iş haqi va boşqa şaroitlar haqida tuşunçalar berilgani aniqlandi.
Şuningdek, şahar prokuraturasi tomonidan profilaktik suhbatlar ötkazilib, ularga paxta yiğim terimi uçun majburiy mehnatga jalb qiliş va pul yiğiş mumkin emasligi taʼkidlanib, şunday holatlar yuzaga kelgan taqdirda belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga xabar berilişi lozimligi tuşuntirildi.
Bundan taşqari, «Çorsu dehqon universal bozori» AJ tomonidan paxta yiğim terimi uçun bozor hududida savdo qiluvçi savdogarlardan pul mablağlari yiğiş va ularni majburiy mehnatga jalb qiliş holatlariga yöl qöymaslik xususida AJning rahbari, örinbosari va nazoratçilari rasman ogohlantirildi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
