UzCard tizimidagi nosozlik va monopoliya muammosi

Matn15-sentabr, 2018, 22:502 daqiqa0 koʻrish

Manba:Muhrim / Муҳрим

Keça @daryo_live’da ibratli bir xabar çiqqandi: Xitoydagi restoranning şörvasidan kalamuş çiqqan (paşşa emas, suvarak emas — bus-butun kalamuş!), homilador xöranda buning uçun izoh söraganida, restoran xodimlari: “Mabodo homilangizdan xavotir olayotgan bölsangiz, uni abort qiliş uçun 4000 dollar berişga rozimiz”, deb aytgan. Bu gap elga ovozi bölib, haligi restoranga egalik qiluvçi kompaniyaning aksiyalari bahosi 11 foizga tuşib ketgan. Yaʼni, kompaniya atigi bir neça kun içida 190 million dollar yöqotgan. Taqqoslaş uçun — Jizzaxda qurilayotgan va “Gazel”larning kuşandasiga aylanişi kutilayotgan avtozavodning narxi taxminan 190 million dollar.

Bugun Özbekistonda bir neça soatdan beri plastik kartalar qovoqqa aylanib qolgan — na tölab böladi, na pul yeçib böladi. Çunki Özbekistondagi barça milliy plastik kartalarga bitta kompaniya — UzCard xizmat körsatadi. Kompaniya muammo borligini va uni qölidan kelganiça, imkon qadar tez tuzatişga harakat qilayotganini aytdi, lekin bunga qança vaqt ketişini, aftidan, özi ham bilmaydi. Şuning uçun ham @kurbanoffnet aytayotgan gaplar, yozayotgan savollar töğri. Rostdan ham — özi nega mamlakatning butun boşli çakana tölov infratuzilmasi bitta operatorga boğlanib qolgan? Nega har safar millionlab odamlar işlamaydigan kartasini soatlab burniga tiqib ötirişi kerak?

Ha-ya, yuqoridagi, Xitoy bilan boğliq xabarga nima aloqasi bor plastik kartalarning işlamay qolganini? Aloqasi yöq, şunçaki, fikr bor: agar UzCard’dek millionlab mijozi bor kompaniya ham aksiyadorlik şirkati bölganida edi, uning aksiyalari, deylik, kattaroq va oçiqroq bir birjada aylanganida edi, xuddi öşa Xitoydagi restoranniki kabi, bugungi fors-majordan söng uning aksiyalari bahosi 11 foizdan köproqqa qadrsizlangan bölardi, atigi bir neça soat içida. Aksiyalari qadrsizlanib ketişi xavotiri bilan yaşaydigan oçiq kompaniyalar esa har doim ehtiyotini qilib yuradi. Töğri, baʼzida kiçik bir kalamuş pand berişi mumkin, lekin aksariyat holatlarda ehtiyotini qiladi. Ularni qandaydir soliq qömitalari ham nazorat qilişi şart emas — bozor va jamoatçilik bemalol, özi xohlaganidek nazorat qilaveradi.

https://t.me/joinchat/AAAAAEG2GQMHhMdalJO5IQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Pora beruvçilarga qarşi kuraş kuçaymoqda

    01 daqiqa

Yana oʻqing