Inson huquqlari va OAVda şaxs daxlsizligi masalasi

Matn15-sentabr, 2018, 11:433 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

#nostalji

Aprel oyidagi xabardan parça:

"Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qiliş boşqarmasi boşliği v.b. Şahnoza Yakubdjanova jurnalistlarning harakatlariga baho berib, qonunçilik talablariga rioya qiliş lozimligini taʼkidlab ötdi.

«Sözsiz, ösib kelayotgan avlod kelajagi uçun, ularni boy tarixiy-maʼnaviy qadriyatlar ruhida tarbiyalaş muhim. Şu bilan birga, odob-axloq qoidalari jamiyatda fuqarolarning dunyoqaraşi, eʼtiqodi, şaxsiy fazilatlari va boşqa omillardan kelib çiqib şakllanadi. Adliya vazirligi tarbiya muhimligini, lekin bu inson huquqlarining uzilişi hisobiga erişilişiga yöl qöyib bölmasligini qayd etadi», — deyiladi Şahnoza Yakubdjanova bayonotida.

Adliya vazirligi OAV vakillariga fuqarolarning şaxsiy huquq va erkinliklarini hurmat qiliş, inson huquqlari oliy qadriyat ekanini inobatga olişga çaqirdi.

Adliya vazirligi kelgusi körsatuvlarni tayyorlaşda qonunçilik talablariga rioya etiş zarurligini taʼkidlab ötdi."

Iqtibos tugadi.

ŞAXSIY FIKRIM:

Sud hukmi çiqmagungaça hatto eng oğir jinoyat (masalan, odam öldiriş) sodir etganlikda gumon qilinayotgan uçiga çiqqan retsedivist jinoyatçilarning ham yuzini OAVda oçiq körsatiş mumkin emas, masalan. Çunki u hali gumon qilinmoqda, aybi töla isbotlangani yöq, şuning uçun uning yuzini xalqqa jinoyatçi sifatida körsatib bölmaydi. Mabodo ertaga oqlansa va uning aybi isbotlanmasa, baribir xalqning katta qismi uni jinoyatçi sifatida qabul qilaveradi, hammaga "men oqlandim", deb aytib çiqolmaydiku. Öşa insonning oilasi, farzandlari, yaqinlari olgan ruhiy zarba, yaʼni maʼnaviy zararni esa heç qanday oqlov yoki pul bilan tiklab bölmaydi.

Bu hali insonning yuzi haqidagi talab. Hattoki inson huquqlari nuqtai nazaridan ism-şarifini eʼlon qiliş ham mumkin emasku. Bölmasa xuddi şu familiyali odamlar tiqilib yotibdi, lekin baribir ism-familiya xabarlarda berilmasligi kerak, qisqartirilgan yoki özgartirilgan şaklda beriş mumkin.

Bu gaplar öta oğir jinoyat sodir etgan jinoyatçilar haqida ketmoqda. Endi Siz xuddi şu holatni heç qanday jinoyat yoki qonun buziliş holatiga yöl qöymagan oddiy öqituvçilar misolida tasavvur qilib köring.

Gap uning kiyimi töğri yoki notöğriligida emas. Kalta yoki uzunligida ham emas. Gap özi umuman formada emas (rostdan jonga tegdi şu forma mojarosi).

Gap INSONNING ŞAʼNI, QADR-QIMMATI haqida!

Hoy, odamlar, öşa öqituvçi yoki öquvçi - inson! U şaxs! U erkin fuqaro!

Şu mavzu doirasida şunaqangi poyintar-soyintar izohlar, tuşuntirişlar berilmoqdaki, na kulişni, na yiğlaşni bilmaysan.

Masalan, şulardan biri - nima emiş, öşa öqituvçining ismi eʼlon qilinmagan emiş. Ismini eʼlon qilmasdan rasmini yoki tasvirini bersa bu inson huquqlarining poymol bölişi hisoblanmasmiş... Mantiqni qarang.

Yaxşi, unda men xuddi şu reportaj tepasida turgan insonlarning rasmini eʼlon qilib, ism-familiyasini yozmasdan xohlagan gapimni gapirişim mumkinmi? Ğing deyişsa, Sizning ismingizni aytmadimku heç qayerda, faqat rasmingizni qöyganman, desam böladimi? Absurd, xullas.

Eeeeeeng alam qiladigani, yoş bolaçalarni, muhtaram ustozlarni ommaga xuddi jinoyatçiday qilib, orqa fonda vahimali ovoz bilan matn öqib, ularni maʼnaviyatsizga çiqarayotganlar bu işlarini bemalol yana davom ettirişlari mumkin va qayerda xatoga yöl qöyganlarini, xalq nima uçun norozi bölayotganini tan olmasdan "meniki töğri, tuşundingmi, sening fikring esa men uçun bir tiyin" prinsipida davom etişadi, katta ehtimol bilan. Bu açinarli, juda açinarli...

Bularning barçasi albatta IMHO.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek