Şerzod Şermatov maktab formasi haqidagi lavhaga munosabat bildirdi

Matn14-sentabr, 2018, 11:041 daqiqa0 koʻrish

​​Xalq taʼlimi vaziri Şerzod Şermatov TV orqali maktab öquvçilarining formasi böyiça efirga ketgan tanqidiy lavha (mening şaxsiy fikrimça - şarmandali lavha!) haqida Feysbukdagi sahifasida öz munosabatini bildirdi:

"Xalq taʼlimi tizimidagi faoliyatimizning birinçi kunlarida maktablarda juda köp muammolar yiğilib qolganligi, ular qolib ikkinçi darajali bölgan forma haqida juda köp muhokamalar bölayotgani haqida aytib ötgan edik.

Lekin, afsuski, xaligaça şu masala muhokamada. Menimça, uşbu masalaga nuqta qöyiş vaqti keldi.

Jurnalistlardan iltimos, birgalikda öqituvçilarimiz obrösini oşirişga harakat qilaylik, obrösini tökişga emas. Özi şundoq ham yaxşi öqituvçi topiş qiyin. Agarda qandaydir kiyimiga eʼtiroz bölsa uni ommaga muammo qilib körsatgandan köra öqituvçini öziga aytib qöyiş yaxşiroq bölardi.

Özi umuman, televideniye orqali kimnidir ruxsatisiz tanqid qilinayotganda iqtisodiy rivojlangan davlatlardagidek imkoni boriça uni tanib bölmaydigan qilib yuzini körsatmasdan amalga oşiriş töğri böladi, ayniqsa yoş bolalarga bu juda salbiy taʼsir qiladi."

Şerzod Şermatov kelgusida jurnalistlar şu kabi muhim jihatlarni eʼtiborga olişiga umid bildirdi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek