OTMlarda talabalarni baholaş tizimi noaniqligiça qolmoqda
Yangi öquv yili boşlanganiga ham 1 haftadan oşdi.
Lekin haligaça oliy taʼlim muassasalarida baholaş qay tartibda amalga oşirilişi aniq emas.
Talabalar bilimini baholaş böyiça yangi Nizom qabul qilindimi yoki yöqmi? Agar qabul qilingan bölsa, nima uçun haligaça eʼlon qilinmadi? Agar qabul qilinmagan bölsa, unda öquv yili boşlanib ketdiku, hozir baholaşning qaysi tizimi amal qilişi arosatda qolyaptiku.
Aslida amaldagi Nizom böyiça hozir ham 100 ballik reyting tizimi va joriy nazoratlar bölişi kerak. Lekin yangi Nizom loyihasi va vazirning birinçi örinbosari aytgan fikrlarga köra, 100 ballik tizim bekor qilinib, 5 baholik tizimga ötiladi. Ammo şu tizimga qaçon rasman ötiladi? Vaqt ketyaptiku axir. Yoki har doimgi sinalgan usul qöllanadimi? Yaʼni hammaga oğzaki topşiriq ketib, garçi huquqiy asosi bölmasa ham OTMlar 5 ballik tizimda baholab turaverişadimi? Bunaqa holatlarni köp körganmiz, aslida rasmiy qaror çiqmaydi, lekin amalda umuman boşqa tizimga ötib ketaverişadi.
Mayli, kutaylikçi, bir gap bölar. Tez orada OTMlar arosatdan qutiladi, degan umiddamiz.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ


