Bekatdan maşinasini olmagan haydovçi beş kunga qamaldi
Manba:Daryo — LIVE
Matiz’ini avtobus bekatidan olişdan boş tortgan Hikmatulla beş kunga qamaldi. Kamiga — jarima ham tölaydi
Gapga kirmaydigan öjar bolakaylar böladi-ku, qilma degan işingni ataylab qiladi, aytma degan gapingni ataylab, qasdma-qasd aytadi. Zangiotalik Hikmatulla ham, 26 yoşga tölgan bölsa-da, afsuski, şunday bolakay ekan.
Matiz’ini avtobus bekatida, avtobuslarga xalal beradigan qilib töxtatib qöygan Hikmatullaga «Toştransdispetçerxizmat» xodimasi «maşinangizni oling», deb odamga öxşab aytgan. Hikmatulla esa bunga javoban ayolni sökkan, haqorat qilgan. Videosi bor.
Ayol bu beodoblikni videoga tuşiraman deb, telefonining kamerasini yoqqanida, Hikmatulla uning öziga ham, telefoniga ham taşlanib, ayolga qöl kötargan. Ayol beçora bir avtobusga çiqib, qoçib qutulgan. Hikmatulla esa unga örta barmoğini körsatib qolgan.
Xöş, endi Hikmatulla qayerda endi? Qamoqda. Şayxontohur tuman maʼmuriy sudi uni Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi («Mayda bezorilik») böyiça aybdor deb topib, beş kunlik maʼmuriy qamoqqa hukm qilgan.
Bu hali hammasi emas — maşinasini mumkin bölmagan joyda töxtatgani uçun Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 128-6-moddasi böyiça, haydovçilik guvohnomasining taloni yöqligi uçun esa 135-moddasi böyiça unga maʼmuriy bayonnoma tuzilgan.
128-6-modda böyiça endi Hikmatulla kamida 552 900 söm (eng kam iş haqining 12-sentabr holati böyiça uç baravari), 135-modda böyiça esa kamida 92 150 söm (eng kam iş haqining 12-sentabr holati böyiça yarmi) miqdorida jarima tölaşi kerak. Kerakmidi şu?
Gapga kirmay öjarlik qiliş yoş bolalarga yaraşadi. Şunda ham har doim emas, öz örniga qarab. 26 yoşli yigitlarning gapga kirmay qaysarlik qilişi esa, albatta, jazosiz qolmasligi kerak. Xuddi Hikmatulla bilan bölgan voqeadagi kabi.

