Majburiy mehnatga qarşi PAXTA-2018 loyihasi işga tuşdi
Manba:Xushnudbek.uz
Majburiy mehnatga qarşi birgalikda kuraşamiz!
❗️Yangi loyiha: PAXTA-2018!
Sönggi vaqtlarda majburiy mehnatga qarşi kuraş haqida köp va xöb gapirilyapti. Prezident va hukumatning majburiy mehnatga keskin qarşiligi, uning oldini oliş böyiça çiqargan qarorlari quvonarli albatta.
Ammo bu qaror joylarda qanday ijro etilmoqda?
Özbekistonda majburiy mehnat butunlay yöqoldi, deb baralla ayta olamizmi?
Yöq, menimça! Haliyam hokim va boşqa töralar eski tos, eski hammom qabilida yurganini eşitib turibmiz.
Bunga qarşi Siz va biz, birgalikda kuraşişimiz kerak! Jamoatçilik nazorati orqali majburiy mehnatga faqat qoğozda yoki gaplarda emas, balki amalda barham berişimiz lozim.
Quyi böğindagi özboşimça rahbarlarni foş etişda hukumatga yordam berişimiz kerak.
Şu sababli @paxta2018_bot manzilida "PAXTA-2018" nomli maxsus bot oçildi.
Agarda:
👉 Sizni iş, öqiş yoki yaşaş joyingizdan paxta terimiga çiqişga majburlaşayotgan bölsa;
👉 Sizdan paxtaga çiqmaslik evaziga pul talab qilişayotgan bölsa;
👉 paxta dalalarida bolalar mehnatiga guvoh bölsangiz;
👉 öz xohişingiz bilan erkin terimçi sifatida paxta terimiga çiqqan bölsangizu, lekin yotoq, oziq-ovqat, mehnat muhofazasi böyiça yetarli şaroitlar bölmasa yoxud paxta terimi uçun mehnat haqingizni öz vaqtida berişmayotgan bölsa;
👉 va şu kabi boşqa muammolar yuzaga kelgan bölsa unda zudlikda xabar bering.
Har bir murojaat albatta körib çiqiladi va muammoni bartaraf etiş uçun tegişli taşkilotlar jalb qilinadi.
YÖQOLSIN, MAJBURIY MEHNAT!
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

