Kotton Kampeyn taşkiloti va Özbekiston bilan hamkorlik
Xushnudbek.uzMatn3 daqiqa0Kotton Kampeyn qanaqa taşkilot özi?
Yuqoridagi xabarda rosa Kotton Kampeyn haqida gapiribmanu, u özi qanaqa taşkilotligini aytmabman. Kotton Kampeyn - xalqaro koalitsiya bölib, 2008-yili taşkil etilgan. Unga 38 ta taşkilot aʼzo, ular orasida biznes va investitsion kompaniyalar, mehnat va mustaqil huquq himoyaçilarining (pravozaşçitniki) taşkilotlari bor.
Masalan, «Xyuman Rayts Votç», «Ezgulik», «Fridom Yunayted» va Özbek-german forumi kabi inson huquqlarini himoya qiliş taşkilotlari bor.
Kotton Kampeyn bir neça yillardan buyon paxta dalalarida bolalar va majburiy mehnatning oldini oliş böyiça kuraşib keladi. Özbekiston va Turkmaniston ularning doimiy “nişoni”.
Özbekistonga boykot va monitoring
Agar yodingizda bölsa, 2009-yili Kotton Kampeyn Özbekistonning tekstil va paxta mahsulotlariga boykot eʼlon qiliş çaqiriği bilan çiqdi. Boykotga 170 dan ortiq jahonning maşhur brendlari va kompaniyalar qöşildi. Ular orasida Adidas, Gucci, IKEA, Levi Strauss & Co, Nike, Yves Saint Laurent, Zara kabi brendlar ham bor edi.
2013-yildan buyon har yili Jahon banki, Xalqaro mehnat taşkiloti va Özbekiston örtasida uçinçi tomon monitoringi amalga oşiriladi, yaʼni Jahon banki moliyalaştiradi, XMT mutaxassislari paxta mavsumida Özbekiston dalalarida monitoring ötkazadi. Mana şu monitoring boşlanişining sabablaridan biri ham Kotton Kampeynning tinimsiz ravişda Jahon bankidan Özbekistonga ajratiladigan kredit tranşlarini töxtatiş yoki borini ham qaytarib oliş talabini qöyişi bölgan.
Kotton Kampeynning tarixiy taşrifi
Joriy yilning may oyida “Cotton Campaign” delegatsiyasi birinçi marta Özbekistonga taşrif buyurdi. Bu tarixiy taşrif edi. Ammo ming afsuski özimizining OAVdan bu haqida maʼlumot berilmadi (balki men körmagandirman). Faqatgina “Amerika ovozi” naşridan Navbahor Imomova uşbu taşrif haqida alohida reportaj tayyorlaganini kördim.
Eng qiziği, Kotton Kampeynning Özbekistonga taşrifi davlatimiz rahbarining AQŞ safari oldidan bölib ötgan edi.
Taşrif davomida Kotton Kampeynning yirik delegatsiyasi (10 dan ortiq aʼzo) Özbekistondagi davlat va nodavlat taşkilotlarida uçraşuvlar ötkazdi, majburiy mehnat va paxta yiğim terimi böyiça jiddiy muhokamalar bölgan edi.
Bugungi munosabat qanday?
Kotton Kampeyn bugungi Özbekistonni iliq qarşi olmoqda. Bunga bir qança sabablar bor.
1-dan, Şavkat Mirziyoyevning BMTdagi nutqi ular tomonidan qöllab-quvvatlandi;
2-dan, ular bilan dialogga kirişilgani, hamkorlik qilişga moyillik bildirilgani. Yodingizda bölsa, 2017-yil oktabr oyida Özbekiston hukumati 13-Xalqaro paxta yarmarkasiga Kotton Kampeyn delegatsiyasini ham taklif qilgandi. Lekin ayrim sabablarga köra, ular kela olişmagan. Mana, may oyida ularga rasmiy taşrif bilan kelişga ruxsat berildi. Dialog – bu muammoning yarmi yeçildi degani, menimça.
3-dan, oxirgi 1 yil içida majburiy mehnatga çek qöyilişiga oid hukumatning qatʼiy pozitsiyasi bildirilayotgani.
Yuqorida aytganimday, Kotton Kampeynning Özbekistonga eʼtirozlari agressivlikdan ança yumşoq xarakterga ötgan. Ular köproq mavjud muammolarga tavsiyalar berişni maʼqul körişmoqda. Çunki avval aytilgan tavsiyalar ummonga otilgan toşdek izsiz ketar edi, bugun esa ularni eşitişayotgani, ular bilan muloqot qilişayotgani vaziyatni ança ijobiy tomonga özgartirgan, lekin hozirça butunlayga emas.
Izoh: Suratda Kotton Kampeynning Özbekistondan oçilmaydigan saytining skrinşoti
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
