AQŞ Özbekiston paxtasini qora röyxatdan çiqardi
Paxta sanksiyasi haqida
Keça OAVda AQŞ Özbekiston paxtasi mahsulotlarini bolalar mehnati orqali yetiştirilgan mahsulotlar röyxatidan çiqargani haqida xabarlar berildi. Şu haqida ikki oğizdan sal köproq gapirmoqçiman.
Bu ança oldin maʼlum bölgan va rasman eʼlon qilinişi kutilayotgan xabar edi. Çunki uşbu qarorga erişiş oson bölgani yöq. Yillar davomida tizimli ravişda amalga oşirilgan işlar samarasi böldi. Bu haqida gapirsa gap köp. Özbekistondagi majburiy mehnat holati va unga qarşi kuraşiş yöli haqida butun boşli ilmiy iş qilsa böladi.
2016-yil dekabr oyida Yevroparlamentning Özbekistonga nisbatan qöyilgan ayrim sanksiyalarini yumşatiş haqidagi qaroridan söng, keça eʼlon qilingan AQŞ Mehnat vazirligining "paxta amnistiyasi" ahamiyati jihatidan eng quvonarli xuşxabar deyiş mumkin. Endi Özbekiston oldida “Cotton Campaign” (Kotton Kampeyn) xalqaro taşkiloti eʼlon qilgan yana bir yirik sanksiyani bekor qiliş vazifasi turibdi.
AQŞ Mehnat vazirligining qarori kutilgan yangilik deganimning sababi, agar sezgan bölsangiz oxirgi 2 yilda aynan majburiy mehnat haqida köp gapirilmoqda. Masalan, ötgan yili Prezident Şavkat Mirziyoyevning BMT minbaridan turib “majburiy mehnat” iborasini alohida taʼkidlaganini özi katta signal edi. Şuningdek, AQŞ safari arafasida, safar davomida va undan keyin ham bu böyiça qator muhokamalar bölgandi.
Iyul oyining oxirida esa AQŞ Mehnat vazirligi Davlat departamenti va AQŞ Milliy xavfsizlik vazirligini bilan ötkazgan maslahatlardan söng, Özbekistonda paxta yetiştirişda bolalar mehnatidan foydalaniş kamaygan, degan xulosaga kelgandi. Rasmiy hisobot esa keça eʼlon qilindi.
Agar kimdir ğarb OAVsini kuzatgan bölsa, Kotton Kampeyn AQŞ Mehnat vazirligiga maktub yuborib, unda hukumatning bolalar mehnati hisobiga yetiştirilgan mahsulotlar röyxatidan özbek paxtasini çiqarib yuborgani qaroriga nisbatan öz noroziligini bildirgani haqida ham xabarlar tarqalgandi (albatta bunday xabarlarni bizning OAVlardan topiş qiyin).
Garçi Kotton Kampeyn AQŞ Mehnat vazirligining qaroriga qöşilmasligini baralla aytayotgan bölsada, bu eʼtiroz mazmunan emas, köproq formal xarakterga ega. Çunki Kotton Kampeynning özi ham Özbekistonda bolalar mehnati xavfi allaqaçon bartaraf etilganini yaxşi anglab turibdi. XMT ötkazadigan xalqaro monitoringçilar 2014-yildan buyon bolalar mehnati yurtimizda kun tartibidan olingani haqida xulosa berib keladi.
Sizu bizga sir emas, bu qandaydir balandparvoz gap ham emas, haqiqatdan bolalar mehnati yakkam dukkam holatda ayrim joylarda uçramasa, oxirgi 5 yil içida buni deyarli heç qayerda körmaymiz. Asosiy muammo faqat majburiy mehnatda bölib turibdi xolos.
Savol tuğilişi mumkin, nima uçun bola mehnati xavfi minimumga tuşirilganini 2014-yildayoq xalqaro monitoringçilar aytgan bölsa ham, AQŞ Mehnat vazirligi buni endi tasdiqlayapti? Sababi oddiy, bu siyosiy tizim bilan çambarças boğliq edi. Şunçalar yopiq edikki, hattoki xalqaro monitoring natijalariga ham şubha bilan qaralar yoki kattalarning majburiy mehnatining ayançili ahvolining tarozisi bu pallani ham bosib ketar edi.
Bugunga kelib, vaziyat özgargaç, AQŞ Mehnat vazirligining keçagi qarori mantiqan bugungi holatga mos keladi. Yurtimizda majburiy mehnat elementlari ham xuddi bolalar mehnati kabi tugatilsa yoki xavf minimum darajaga tuşirilsa, Özbekistonga qöyilgan boşqa sanksiyalar ham yaqin orada bekor qilinişidan umidvormiz. Xususan, Kotton Kampeyn sanksiyalari ham...
Bu böyiça işlar olib borilmoqda.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

