Kogondagi maktab öquvçilarining paxta terimiga çiqişi
Kogondagi maktab öquvçilarining paxta dalasiga çiqişi yuzasidan
Kun.uz naşri uşbu voqea yuzasidan suriştiruv ötkazibdi. Uni töliq öqib çiqişni tavsiya qilamiz
Maqolaning xulosa qismidan ayrim parçalarni keltiraman:
«Biz maktab joylaşgan mahalladagi oddiy insonlarni ham gapga tutdik. Ular darsdan böş vaqtda bolalar kompyuter öynab vaqtni behudaga sovurmasdan, onasiga yordam sifatida harna 5-10 kilo paxta teriş uçun birga çiqişayotganini aytib ötişdi. Lekin maktab tomonidan bolalar buyruq bilan yoppasiga çiqarilmaganini aytişdi.
Şu qişloqda istiqomat qiluvçi yana bir kişining aytişiça, qişloqda köpçilik maktab öquvçilarining otalari Rossiyada mehnat migratsiyasida. Paxta mavsumida ularning onalari paxta terimga çiqişadi. Bolalar daladagi yaqinlariga çoy yoki ovqat taşişadi. Özlari ham onalariga, opalariga paxta terişda kömaklaşişadi. Qaytişda fartukda mol-qöylariga öt yulib qaytişadi. Bu — yillar davomida şakllangan anʼana.
Endi öylab köring: maktab yakşanba va bayram kunlari işlamasa, öqituvçilar dam olsa, öquvçilar ota-onalarining ixtiyorida bölsa, bolalarni paxtaga çiqiş-çiqmasligini ota-onasidan bölak kim nazorat qila oladi? Ota-onasi paxtaga çiqişga majburlagan taqdirda ham, baloga qolgan maktab jamoasi bölişi kerak emas-ku? Umuman, muammo mana şunday körinişda böy körsatsa uni qanday qabul qiliş va yeçiş kerak?»
Voqea yuzasidan umumiy xulosa:
👉 10-15 nafar öquvçining paxta dalasiga çiqqani rost, har holda fotosuratlari turibdi;
👉 öquvçilarning hokim, maktab direktori yoki boşqa mutasaddilar tomonidan majburlab çiqarilgani haqiqatga töğri kelmaydi. Çunki bunaqa bölganda dalalarda yuzlab maktab öquvçilari yurgan bölar edi. Boz ustiga majburiy mehnatga qarşi kuraş ketayotgan hozirgi siyosatda faqat jonidan töygan rahbargina maktab öquvçilarini (!) paxta terişga olib çiqiş haqida buyruq beradi. Buning uçun qip-qizil jinni böliş kerak;
👉 qişloq joylarida bolalar ota-onalariga, asosan onalariga yordam beriş maqsadida paxtaga çiqişadi, ular terim mavsumida oilaviy paxta terişadi va ular uçun paxta teriş oddiy hol, anʼana. Bunaqa holatni yurtimizda paxtaga ixtisoslaşgan deyarli barça tumanlarda uçratiş mumkin. Ota-onalar qonunni buzayotganini hatto bilişmaydi ham. Şunaqa ota-onalar bilan köp bora suhbatlaşganman. «Men roziman, bolam ham rozi, buning nimasi notöğri» deb ajablanişadi. Ularga 18 yoşga tölmagan şaxslar hatto özlari rozi bölsa ham paxta terimiga çiqişi mumkin emasligi va bolalar mehnati nima ekanligi haqida maʼruza öqiş ham köp foyda bermaydi. Çunki ota Rossiyada, ona dalada, bolasini özining közi oldida bölişi istaydi. Köçada sandiraqlab yurganidan köra, yonida bölsa köngli tinç. Menimça, istalgan hududdagi paxta dalalarida 5-10 nafar bolalarni uçratsak, bundan sira hayron qolmasdim;
👉 amaliyotni kuzatsak, odatda bunday vaziyatda barça masʼuliyat fermer zimmasiga yuklanadi. Mabodo dalada bola aniqlangan taqdirda ham, aynan fermerga jazo qöllanadi. Agar u dars vaqtida bölsa, qöşimçasiga maktab maʼmuriyati ham jazolanişi mumkin. Şuning uçun fermerlar paxta dalasiga bolalarni kiritmaslikka, mabodo körib qolsa ham çiqarib yuborişga harakat qiladi.
Ötgan yillarda paxta monitoringida yurgan paytlarim Toşkent viloyatidagi bir fermer bilan suhbatlaşganimda, quyidagilarni aytgandi:
«paxta dalasiga tutaş mahallalardan terimçi ayollar bolalari bilan birga çiqişadi, ularni daladan quva-quva çarçadim. Baʼzilariga qattiq gapirsam, arazlab, uzoqroq bölsa ham boşqa fermer xöjaligiga paxta terişga ketib qolyapti. Sizlarni deb, mening boşim baloga qoladi, desam ham baribir tuşunişmaydi. Şundan keyin fermer xöjaligida bolalar öynaydigan kiçik maydonça qilib, toki onalari qaytgungaça bolalarni şu yerda öynatadigan böldim».
Xullas, voqea mana şunday yakunlandi. Kogondagi voqeadan boşqalar ham tegişli xulosa çiqarib oladi va garçi 18 yoşga tölmagan bolalar öz xohişi bilan paxta terimiga çiqayotgan bölsa ham, ularga ruxsat berilmaydi, degan umiddamiz.
👉 @xushnudbek 👈

