Özbekiston YEOIIga qöşiliş imkoniyatlarini örganmoqda

Matn4-oktabr, 2019, 18:282 daqiqa0 koʻrish

Manba:Daryo — LIVE

​​«Özbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qöşiliş imkoniyatlarini uç yildan beri örganyapti»

Özbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII)ga kiriş imkoniyatlarini örganişni boşlaganiga uç yil böldi, uşbu masalada taşqaridan heç qanday bosim yöq, dedi Özbekiston Senati raisi birinçi örinbosari Sodiq Safoyev 4-sentabr kuni jurnalistlar bilan bölib ötgan uçraşuvda. “Gazeta.uz”ning xabar berişiça, jurnalistlar bilan bölib ötgan uşbu uçraşuv Rossiya Senati raisi Valentina Matviyenkoning Özbekistonga taşrifi yakunlari munosabati bilan taşkil etildi.

Aynan şu taşrifi vaqtida Matviyenko xonim Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekistonning YEOIIga qöşilişi masalasi ustida iş olib borayotganini taʼkidlagan edi. Valentina Matviyenko ittifoqqa ehtimoliy qöşiliş ortidan Toşkentga yetişi mumkin bölgan afzallik va yöqotişlar tahlili böyiça işlar 2019-yil oxirigaça yakunlanişi mumkinligini aytib ötgan edi.

«Özbekiston Respublikasiga bosim bölganmi, degan savolni hatto qöymang ham. Özbekiston — unga bosim ötkaziş mumkin bölgan mamlakat emas», — deya qöşimça qildi Sodiq Safoyev, jurnalistning ittifoqqa qöşiliş masalasida bosim ötkazilişi ehtimoli mumkinligi haqidagi savolga javob berarkan.

Safoyevning maʼlum qilişiça, hozirda Özbekiston tomoni uşbu taşkilotga qöşiliş imkoniyatlarini örganmoqda. «U yerda öziga yaraşa kamçiliklar, şuningdek, afzalliklar ham bor. Har qanday integratsion hamjamiyatga qöşiliş maʼlum bir vakolatlarning topşirilişini, biroq şu bilan birga taşkilot doirasidagi baʼzi imkoniyatlardan foydalaniş huquqining qölga kiritilişini nazarda tutadi», — dedi u, «hozirça heç qanday qaror yöqligi, iş ketayotgani, YEOIIning barça mamlakatlari bilan maslahatlaşuvlar olib borilayotgani»ni qöşimça qilib.

Senatorning vaʼda berişiça, YEOIIga qöşiliş masalasi ustida iş olib borayotgan ekspertlar uşbu masala böyiça yakdil fikr hosil bölganidan söng jamoatçilikni bu haqda xabardor qiladi.

Sodiq Safoyevning alohida qayd etişiça, uç yil avval Özbekistonning yangilangan — nisbatan oçiq, nisbatan pragmatik, köp ham siyosiylaştirilmagan va nisbatan ğoyasizlantirilgan taşqi siyosatini amalga oşiriş boşlangan edi. Xuddi şunça vaqtdan beri Özbekistonning mintaqaviy taşkilotlar bilan munosabatlarini qayta körib çiqiş ustida ham iş olib borilmoqda.

«Bu töğri xatti-harakat: mintaqaviylaşuv — bu globallaşuvning bir qismi va mamlakatlarning manfaatlari uçun xizmat qiladi. Bir neça misol keltiraman: Özbekiston Turkiy kengaşga qöşildi. Bu 25 yil davomida biz undan qörqqan, qoçgan taşkilot. Uşbu taşkilotga qöşiliş yuzasidan bizning segmentimizda qandaydir öziga xos şov-şuv bölgani yöq. Vaholanki, öz vaqtida bu masala kun tartibiga ham qöyilmagan edi», — dedi senator.

https://t.me/joinchat/AAAAAD63OEHkQHOlfdglMg

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek