Özbekistonning YEOIIga aʼzo bölişi masalasi muhokamasi

Matn3-oktabr, 2019, 15:432 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Özbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirişi kerakmi?

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzolik masalasi körib çiqilişi mumkinligi ilk bor joriy yilning iyun oyidagi Senatning 20-yalpi majlisida Şavkat Mirziyoyev tomonidan aytilgan edi.

Öşa paytda Kun.uz naşri ittifoqqa aʼzolik atrofidagi muhokamalar haqida Nagoya (Yaponiya) iqtisodiyot universiteti, biznes huquqi fakulteti professori Alişer Umirdinovning fikrlarini eʼlon qilgan edi.

Şu mavzu doirasida ançayin yaxşi, imkon qadar xolisona yoritilgan maqola bölgandi. Öqib çiqişni tavsiya qilaman:

https://kun.uz/80072625

Muallif Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining ijobiy tomonlarini ham sanagan, yaʼni mutloq salbiy taşkilot emasligini tuşuntirgan. Ammo maqoladan ittifoqqa kirişning salbiy oqibatlari ançayin kuçliroq va xavfliroq ekanligini ham bilib oliş mumkin.

Masalan, Rossiyaning siyosiy bosimi va uning siyosiy öyinlari yölida iqtisodiy riçaglardan foydalanişiga şaroit yaratilişining özi har qanday ijobiy argumentni parçalab taşlaydi. Şaxsan men iqtisodiy asoslaridan köra, siyosiy manfaatlarga yöğrilgan taşkilotga aʼzo bölişni xohlamayman.

Keça bölib ötgan Oliy Majlisdagi uçraşuvda Rossiya Senati raisi Valentina Matviyenkoning “Prezidentingiz qaror qabul qilib bölgan, bizning bundan xabarimiz bor” deyişining özi diplomatik nuqtai nazardan qaraganda özga davlat uçun, yumşoq qilib aytganda - hurmatsizlik. Mana şuning özi mustaqil davlatga nisbatan siyosiy bosim ötkaziş, deya baholanişi mumkin.

Vaholanki, Özbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qöşilişi masalasi hali hal bölmagan, hozirda hukumatlararo maxsus işçi guruh örganmoqda, yil yakunida tegişli xulosaga kelinadi. Qolgan gap-sözlar esa jarayonni öz manfaati tomonga özgartiriş yölida qilinayotgan manipulyatsiya bölmoqda, menimça.

Har ne bölganda ham yakunda hukumatimiz tomonidan Özbekiston va xalq manfaati uçun xayrli qaror qabul qilinadi, degan umiddamiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek