Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Abdulla Qodiriyning Ötkan kunlar romani böyiça viktorina

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0

Diqqat, viktorina!

Özbek xalqining sevimli yozuvçisi Abdulla Qodiriyning «Ötkan kunlar» romaniga oid uçta savolga eng birinçi bölib töğri javob bergan muştariyga uşbu asarning audiokitobi sovğa qilinadi.

Uçala savolga javoblar bitta izohda qoldirilişi kerak. Alohida-alohida qoldirilgan javoblar qabul qilinmaydi. Tahrirlangan javoblar töğri bölsa ham, hisobga olinmaydi.

Diqqat, savollar:

1-savol: «Ötkan kunlar» romanining dastlabki boblari qaysi yili va qaysi jurnalda çop etilgan?

2-savol: Quyidagi parçada romandagi qaysi qahramon taʼriflangan:

«neça vaqt sözlağuçini öz oğziğa tikiltirib ölturğandan söng, agar maʼqul tuşsa «xöb» deydir, gapka tuşunmagan bölsa «xöş» deydir, nomaʼqul bölsa «durust emas» deydir va juda ham öziga nomaʼqul gap bölsa bir iljayib qöyiş bilan kifoyalanib, mundan boşqa söz aytmaydir va aytsa ham uç-tört kalimadan nariga oşmaydir».

3-savol: «Ötkan kunlar» asarida Otabek Kumuşni ilk bor qayerda uçratgan edi (nisbatan aniqroq javob qabul qilinadi)?

❗️Javoblarni faqat uşbu post tagidagi izohlarga yozing. Boşqa joydan yuborilgan javoblar qabul qilinmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek