Telegramda yangi audiokitoblar kanallari ish boshladi

Matn18-aprel, 2019, 17:381 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Şu kunlarda audiokitoblarga bölgan ehtiyoj ortayotganligi sababli Telegramda bir neçta loyihalar start oldi.

Masalan, AOK agentligi hamda MT vazirligining bolalar uçun audioertaklarga ixtisoslaşgan @bolalikkunlarimda kanali yoki Najot Nur muallifligidagi @najot_nur_audiokitoblar kanali şular jumlasidandir.

2 kun oldin Telegram audiokitoblarga oid yana bir foydali kanal bilan boyidi. «Bozorga» jiddiy “öyinçi” – MTRK kirib keldi.

Taşkilotçilarning xabar berişiça, @mtrkaudiokitoblar kanaliga MTRK tomonidan 600 soat hajmida, 40 ga yaqin nomdagi audiokitoblar hamda 300 dan ortiq xalq ertaklari joylaştirilar ekan.

@mtrkaudiokitoblar kanalidagi audio materiallar «Audiokitob», «Mumtoz ğazallar», «Audioertak», «Nodir ovozlar» ruknlari ostida joylaştirib boriladi.

Masalan, 2 kun içida kanalda «Navoiy» romani, «Ön sakkizga kirmagan kim bor?» qissasi, «Anor» hikoyasi, bir neçta ertaklar, Navoiy, Bobur, Lutfiy va Ogahiy ğazallari eʼlon qilindi.

Yana ham eʼtiborli joyi, MTRK kanaliga Ğofur Ğulom, Zulfiya, Abdulla Oripov va Erkin Vohidovlarning öz ovozi bilan öqigan şeʼrlari ham joylaştirildi.

Va yana tez orada kanalda «Radioteatr» va «Radiokino» ruknlari oçilar ekan, unda radiosahna asarlari, radiopostanovkalar, insenirovkalar hamda spektakllar va filmlarning radiomontaj variantlari berib borilar ekan.

Xullas, @mtrkaudiokitoblar juda ajoyib loyiha bölibdi!

Agar kitob mutolaa qilişdan köra, ularni eşitiş qulay bölsa, unda quyidagi kanallarga aʼzo bölişni tavsiya qilaman:

👉 @mtrkaudiokitoblar
👉 @najot_nur_audiokitoblar
👉 @bolalikkunlarimda

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing