Özbekistonlik kitobxonlar Ginnes rekordini yangilamoqçi
«Ötkan kunlar» va özbekistonlik yoş kitobxonlar Ginnes rekordlar kitobiga kirişi mumkin
Respublika yoş ijodkorlar kengaşining xabar berişiça, 2019-yilning 10-aprel kuni kitob mutolaasidagi eng köp tinglovçi auditoriyasi böyiça örnatilgan jahon rekordini yangilaş rejalaştirilgan.
10-aprel kuni özbek romançiligining asosçisi Abdulla Qodiriy tavalludiga 125-yil töladi. Şu sababli rekordni yangilaş uçun aynan «Ötkan kunlar» asari tanlangan.
Tadbir Xalqlar döstligi maydonida bölib ötadi. «Mening kitobxon yurtim» loyihasi doirasida, şuningdek kitob sayli, arzonlaştirilgan kitoblar savdosi, «Ötkan kunlar» romani personajlari aks ettirilgan rasmlar körgazmasi, ommaviy sörovnoma va maşhur sanʼatkorlar iştirokida gala-konsert ötkaziladi. Loyiha xarajatlari Özbekiston yoşlar ittifoqi tomonidan qoplanadi.
Maʼlumot örnida: mazkur nominatsiya böyiça joriy rekord 2018-yilning 3-mart kuni Hindistonning Maxaraştra ştatida 6 ming 786 nafar kitobxon iştirokida örnatilgan. Özbekistonlik yoş kitobxonlar 10 ming nafar iştirokçi bilan uşbu rekordni yangilaşmoqçi. Ularga omad tilaymiz!
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

