Xorazmda hokimga tuhmat qilgan şaxs qamaldi

Matn14-mart, 2019, 11:552 daqiqa0 koʻrish

Xorazmda «Odnoklassniki» orqali hokimga tuhmat qilgan şaxs 15 oyga ozodlikdan mahrum etildi

Xorazmlik Q.S. «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmoğiga «Adolat izlab», «Adolat qaçon?» degan sarlavhalar bilan video yuklagan. Videoda Xonqa tumani hokimi DXX xodimlari bilan til biriktirib, uni va akasi E.S.ni soxta ayblov bilan qamatib yuborgani, fermer xöjaligi yer maydonlarini noqonuniy tortib olib, pora evaziga boşqa bir fuqaroga berib yuborgani aytilgan.

Videoda taʼkidlanişiça, tuman hokimi 15—20 gektar yerni 5—10 ming dollardan sotib yuborgan. «Q.S. bu gaplari bilan u tuman hokimini juda köp miqdorda pora olganlikda ayblab, şarmanda qiladigan uydirmalar tarqatib, qasddan tuhmat qilgan», — deya Daryo naşriga xabar bergan jinoyat işlari böyiça Xonqa tuman sudi raisi Maqsudbek Qiliçev.

Sudyaning bunday deyişga asosi bor — videoda keltirilgan holatlar tegişli tartibda örganilibdi, boz ustiga Q.S. aytgan gaplari, keltirgan faktlarini dalillar bilan isbot qilib berolmabdi. Uning taʼkidlaşiça, Q.S. tuman hokimiga tuhmat qilganidan taşqari, firibgarlik bilan ham şuğullanib, ikkita odamning iş haqini bermay kelgan. «Q.S. qilgan tuhmati va firibgarligi uçun 1 yilu 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi», — deydi sudya Qiliçev.

P.S.: şahar bedarvoza emas, har bir aytilgan sözning javobi bor. Afsuski ijtimoiy tarmoqlarda odamlar yoki bilib, yoki bilmay, özgalar haqida juda köp yolğon va tuhmatlar tarqatişadi, bemalol haqorat qilişadi. Aslida bunday holatlarda mana şunaqa sud orqali javobgar qiliş amaliyotini yanada keng qöllaş tarafdoriman. Söz erkinligi, bu - istalgan odamni haqorat qiliş, tuhmat yoğdiriş mumkin degani emas.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek