Stipendiyadan voz keçib kontraktni kamroq tölaş tizimi
Stipendiyadan voz keçib kontraktni kamroq tölaş tizimi yaratilişi mumkin
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «2019/2020 öquv yilida Özbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga öqişga qabul qilişning davlat buyurtmasi parametrlari töğrisida»gi Prezident qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.
Loyihaga köra, 2019/2020 öquv yilidan boşlab:
👉 tölov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilingan barça bosqiç talabalari stipendiyalardan voz keçiş hisobiga yillik olinadigan stipendiya miqdoriga mos ravişda kamaytirilgan tölov-kotrakt pulini tölaş huquqiga ega;
(xuddi şu tizim haqida ötgan yili taklif berib, tahliliy maqola yozgan edim. Uşbu takliflar amaliyotga joriy etilayotganidan xursandman. Batafsil mana bu yerda)
👉 OTMlarning sirtqi va keçki taʼlim bölimlarida öqitiş tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi hamda öqitişning qiymati kunduzgi taʼlim şaklidan past bölganligini inobatga olib, tegişli bakalavriat taʼlim yönalişi böyiça kunduzgi öqitiş şakli qiymatidan köp bölmagan miqdorida belgilanadi.
(xuddi şu masala böyiça ham kanalimda post qoldirgan edim. Lekin qaror loyihasida «köp bölmagan miqdorda» deyilibdi, bugungi kunda şundoq ham sirtqi va keçki taʼlimning kontrakti kunduzgidan qimmat emas, aynan bir xil! Lekin bu adolatdan emas. Kunduzgidan ança kam qilib belgilaş kerak)
Qaror loyihasi bilan batafsil quyidagi manzil orqali tanişişingiz va öz takliflaringizni bildirişingiz mumkin: https://regulation.gov.uz/uz/document/2771
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
