Tölov-kontrakt miqdorlari qançaga qimmatlaşdi
Tölov-kontrakt miqdorlari kutilganidan qançaga qimmatlaşdi?
1-sentabrdan kontraktlar miqdorining oşirilişi hammaga avvaldan maʼlum edi. Talabalar ham, ularning ota-onalari ham oylik iş haqlari oşganda kontrakt ham oşişini yaxşi bilişardi.
Asosiy eʼtirozlar tölqini esa kontrakt narxlarining kutilganidek 10% emas, örtaça 18% oşganidan keyin paydo böldi. Qöşimçasiga stipendiya masalasidagi qaror ham holatga taʼsir qildi.
Şu örinda, kontraktlar kutilganidan qançaga qimmatlaşganiga qiziqib kördim. Xayolimda kontraktlar yana 2-3 mln söm qimmatlaşganday edi, keça matbuot anjumanida ham şunaqa debman.
Lekin hisoblab körsam, eng köp oşgani yillik 1 mln 170 ming söm bölibdi. Eng kam oşgani esa 587 ming söm ekan.
Oyma-oy tölaş tizimi yaratilişini hisobga olsak, kontraktlar kutilganidan har oy qöşimça 48 ming sömdan 97 ming sömgaça oşirilibdi.
Narx oşişi bilan boğliq har qanday qarorlar keng jamoatçilik tomonidan doim oğriqli qabul qilinadi, bu tabiiy. Şu sababli bunday özgarişlarni kutilmaganda emas, ança avvaldan xalqni ruhan tayyorlab eʼlon qiliş kerak öşançun. Yöqsa vahima ortib ketadi. IMXO.
👉 @xushnudbek 👈

