Özbekistonda göşt narxi oşişi sabablari va yeçimlari
Manba:bakiroo
Göşt haqida
Keça göşt narxi oşib borayotgani sabablari haqida töxtalib taniqli çinovniklardan biri ikki asosiy omil borasida aytib ötibdi. Ozuqa masalasi va köp göşt yeyayotganimiz.
Ozuqa masalasida çinovnik haq - çorva mollari soniga nisbatan ozuqa infratuzilmasi ortda qolmoqda. Yaylovlar, yem-haşak yetiştiriş uçun dala maydonlari yetarli emas. Sanoat darajasida ozuqa yetiştiriş esa 90- yillar darajasida qolib ketgan.
Afsuski, ikkinçi masaladayam çinovnik haq, biz rostanam köp göşt yeyapmiz, oç-nahorlik yoqasidagi 90- yillar bilan soliştirganda albatta. Özbekiston barça ölçov va indekslar böyiça juda kam göşt yeydigan mamlakatlar qatoridan çiqib kam göşt yeydigan mamlakatlar qatoriga yaqindagina qöşildi. Menimça, çinovnik şuni aytmoqçi bölgan, lekin söz, tajriba va axborot boyligi yetmagan.
Keçagi pressuxada yana bir haqiqat aytilişini kutgandim. Uyam bölsa, göşt qimmatlaşişda davom etayotgani sabablaridan biri bu uning Özbekistonda işlab çiqariş usulining örta asrlar darajasida qolib ketayotganligidir. Rasmiy statistikaga köra 90%dan ortiq göşt şaxsiy va yordamçi xöjaliklarda yetiştiriladi. Yaʼni ibtidoiy natural xöjalik muhitida. Bu muhitda göşt tannarxi arzonlaşmaydi, mehnat va vaqt sarfi öta yuqoriligida bu imkonsiz, göşt faqat qimmatlaşadi. Şu sababli göşt narxi muvozanatlaşişi yölidagi ilk qadam natural işlab çiqarişdan sanoat işlab çiqarişga ötiş bölişi lozim. Darvoqe, tovuq göşti borasida 90- yillar va nölinçi yillardagi ahvolni eslang. Öşanda yeçim har bir xöjalikda tovuq boqiş bilan emas, yirik parrandaçilik komplekslarini yaratiş orqali körilgan va bu töğri bölganini bugun parranda göşti taklifidagi xilma-xillik va hamyonboplikdan köriş mumkin.
Va albatta göşt narxi oşişi yaxşi signal, qilgan xatolarni önglaş va endi nima qilişimiz lozimligi borasidagi signal. Faqat bu signalni töğri anglay olişimiz lozim.

