Toşkent bozorlarida göşt va oziq-ovqat narxlari
Manba:davletovuz
Bugun dam oliş kuni, ertalabdan bozor-uçar qilindi, “Farhod” bozori, supermarketdan kerakli narsalar olindi. Mevalar sal arzonlagan, qimmatlagan narsalar ham bor. Göşt suyaklisi 32-39 mingdan boşlanadi. “Farhod” bozorida ertalabdan maxsus rastada katta semiz mol göştini ağdarib 36 mingdan sotişayapti (Elga xizmat, yarmarka, bayram arafa va hk). Lahm göşt bozorda 54-60 ming, supermarketlarda joyiga qarab 68 ming sömgaça baholanmoqda.
Darvoqe, baʼzi bir ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan maʼlumotlarga köra, Toşkentdagi supermarketlardan birida göştning narxi 106 ming söm ekan. Bugun şu rasmdagi göşt haqida qassoblardan bafurja sörab oldik. Ularning aytişiça, bu göşt mol tanasining orqa bel qismida buyrak tepasida joylaşgan bölib, hayvonning hayoti davomida bu qism deyarli harakatda bölmaydi. Şuning uçun ham göştni pişirganda u eng yumşoq va mazali böladi. Sababi, qassoblarning aytişiça, bitta molda biqin lahm göşti bor yöği 2-3 kg.ni taşkil qiladi xolos.
Uşbu göşt “BONFILE”, rusça aytganda “VIREZKA”, yaʼni molning biqinidagi göşt bölib, undan asosan “Porterxaus” steyki tayyorlaşda işlatiladi. Bu göştni molning boşqa qismida joylaşgan göştga tenglaşib bölmaydi. Şuning uçun ham narxi öziga yaraşa. Butun dunyoda mol göştining uşbu qismi narxi böyiça eng qimmati hisoblanadi.

