Talabalar stipendiyasi qayta hisob-kitob qilinishi tartibi
Hozirça Hukumat qarorining töliq matni rasman eʼlon qilinmagan bölsa ham, lekin ikkala vazirlik tarqatayotgan xabarlardan anglaş mumkinki, semestrni “3” bahoga yopgan talabalarga tölangan ortiqça stipendiya qaytarib olinmaydi.
Şunda quyidagiça holat yuzaga kelyapti:
- byudjetda öqigan “4” va “5” bahoga yopgan talabalarga 5 oy davomida kam tölangan stipendiyadagi farq qayta hisob-kitob qilinadi;
- “3” bahoga yopganlarga ortiqça tölangan stipendiya qaytarilmaydi.
- stipendiyali kontrakt tölaşni tanlagan va “4” yoki “5” bahoga yopgan kontraktdagi talabalar bilan qayta hisob-kitob qilinmaydi (nima uçun unaqa, hayronman);
- stipendiyasiz kontrakt variantini tanlaganlar bilan esa qayta hisob-kitob qilişga zaruriyat ham yöq.
👉 @xushnudbek 👈
