Kontraktlarni oyma-oy bölib tölaş tartibi tahlili
Keça kontraktlarni oyma-oy bölib tölaş tartibini joriy qilişni taklif etgandim. Bugun ayrim misollar bilan örtoqlaşmoqçiman.
Joriy yildan kontraktlarni stipendiyali va stipendiyasiz qilib tölaş tizimi joriy qilinmoqda (tartibi hozirça nomaʼlum).
Uşbu tartib haqida ötgan yili men ham taklif sifatida tahliliy maqola yozgandim.
Yuqoridagi suratda kontraktni oyma-oy bölib tölaş tartibi joriy qilinsa, stipendiyali va stipendiyasiz variantda oyiga qançadan töğri kelişini hisoblab çiqdim (narxlar oşişi kutilayotgan yangi kontrakt miqdorlarida körsatilgan).
Agar talaba stipendiya olişdan voz keçib, faqat qoldiqni oyma-oy bölib tölaş variantini tanlasa, unda 1 oylik kontrakt summasi stipendiya miqdoriga qarab, 84 ming sömdan 738 ming sömgaça böladi.
Masalan, eng qimmat kontrakt bölgan Yuridik universitetda 5 bahoga öqiydigan talaba oyiga 362 ming söm, 3 bahoga öqiydigan talaba esa oyiga 738 ming söm tölaydi.
👉 @xushnudbek 👈
