Stipendiya va kontrakt narxi haqida yangi maqola
Stipendiyani bekor qiliş evaziga kontraktni arzonlaştirişga oid vaʼda qilingan maqolamni nihoyat tugatdim. Bugun eʼlon qilinadi, Xudo xohlasa.
Balki u Siz kutgançalik yaxşi yozilmagandir, lekin imkon qadar xolis va batafsil yoritişga harakat qildim. Xususan, maqolamda quyidagi fikrlar ham bor:
Hozirgi holatni ham şundayligiça qoldirib bölmaydi. Hali sentabr oyi boşlansin, kontrakt tölay olmayotgan talabalar oilasida şunaqangi köplab muammolar paydo böladiki, asti qöyaverasiz. Kim özini öqqa-çöqqa urgan, kim banklar eşigida möltiragan, kim oyoği kuygan tovuqday qarz sörab u eşikdan, bu eşikka yugurgan, kim uyidagi eng oxirgi bisotini, tilla taqinçoqlarini yoki yagona soğin sigirini çiqarib sotgan, kim farzandim öksimasin deb Rossiyaga yöl olgan, kim çiqmagan jondan umid, deya Prezident portaliga önlab arizalar yuborgan... Ehhe, gapirsa gap köp. Xöş, bularning oldini oliş uçun bizda qanday yeçimlar bor? Heç qanday!
Şuningdek, quyidagi jadvalni ham ilova qilganman, tuşunarli bölişi uçun.
Xullas, tez orada maqola eʼlon qilinadi, bizni kuzatişda davom eting :)
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek
