Şayxontohur tumani hokimligi mansabdorlari jarimaga tortildi
Bundan 4 kun oldin eʼlon qilingan qonunga köra, davlat xizmatlari körsatiş sohasidagi maʼmuriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqiş maʼmuriy sudlardan Davlat xizmatlari agentligiga ötkazilgan edi.
Şu 4 kun içida javobgarlikka tortilgan birinçi mansabdor şaxslar ham topilibdi.
Maʼlum qilişlariça, 24 ta tadbirkorlik subyekti umumiy ovqatlaniş obyektlari bilan boğliq ruxsat guvohnomasi oliş uçun murojaat qilgan, lekin Toşkent şahar Şayxontohur tuman hokimligining mansabdor şaxslari murojaatni körib çiqiş muddatini buzib, qonunbuziliş holatlariga yöl qöygan.
Natijada Şayxontohur tuman hokimligining mansabdor şaxslari Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 215-5-moddasi böyiça javobgarlikka tortilib, ularga nisbatan eng kam oylik iş haqining 5 baravari, yaʼni 921 ming 500 söm miqdorida jarima solingan.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek
