Özbekistonda karşering xizmati uçun yengilliklar berildi

Matn28-iyul, 2018, 15:132 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​​​Karşering haqida

27-iyuldagi Qonun asosida kiritilgan özgartirişga muvofiq, endilikda yengil avtomobillar va mototransport vositalarini ijaraga beriş böyiça xizmat körsatadigan yuridik şaxslar jismoniy şaxslar bilan öttiz kungaça bölgan muddatga ijara şartnomalarini oddiy yozma şaklda tuzişlari mumkin, notarial tasdiqlaş şart emas.

Bu öz navbatida bizda karşering (avtotransport ijarasi) xizmati rivojlanişiga katta yordam beradi. Turizm uçun bu juda kerakli xizmat.

Xorijda bir marta bölsa ham jamoat transportida yurib köriş kerak, albatta. Lektn agar offlayn GPS kartangiz va haydovçilik guvohnomangiz bölsa, unda maşina ijaraga olib miniş ança qulay va qiziq, menimça. Köpçilik bölsa, arzonroqqa ham tuşadi.

Xorijda özim bevosita guvoh bölganimni gapirsam, Rim şahrida maşina ijaraga olişimiz uçun atigi 10 daqiqa vaqt ketgandi.

Ortiqça hujjatlar ham söramagan - faqat pasport, haydovçilik guvohnomasi hamda Visa card taqdim etganmiz, tamom. Tezda şartnoma va suğurta polisi çiqarib berişdi, imzoladik, böldi.

Eng qiziği maşina evaziga heç qanday garov olib qolişmadi, na hujjat, na pul.

Narxlarga kelsak, maşina rusumiga qarab bir kuniga 65 yevrodan 1800 yevrogaça ekan (rasmda batafsil 👇).

2 kişilik Smart maşinalar eng arzoni, Ferrari albatta eng qimmati. Qança uzoq muddatga ijaraga olsangiz, şunça arzon böladi.

Bu narx öz içiga 100 km. masofani qamrab oladi. Undan köproq yurmoqçi bölsangiz, «Full» paket olasiz, u sal qimmatroq.

Biz 1 kunga «B» kategoriyadagi Fiat rusumli maşinani ijaraga oldik, lekin negadir rasmda körsatilgandek 70 yevro emas, çegirma bilan 60 yevro olişdi.

Bizdagi ijara xizmatlari hali bu darajaga çiqmadi, albatta (özi endi oçilyaptiku). Eşitişimça, qançadir pulni «zalog» sifatida taşlab ketiş ham kerak ekan. Bu bizdagi suğurta kompaniyalariga işonç yöqligidan menimça. Narxlar ham bizning şaroitda biroz qimmatroq deyişdi.

Lekin umid qilamanki, tez orada karşering xizmati ham bizda rivojlangan ğarb mamlakatlari kabi taraqqiy etadi. Faqat turistlar emas, özimiznikilar ham zarur payti bemalol ijaraga maşina olib minadigan böladi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

  • 👎 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek