Hukumatga talabalarning tölov-kontrakti böyiça takliflar

Matn24-avgust, 2019, 22:253 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Hukumatga talabalarning tölov-kontrakti böyiça takliflar

Tvitterda qirğizistonlik foydalanuvçilar Öşga va özi umuman Qirğizistonga juda köp özbek abituriyentlari kelayotganini muhokama qilişmoqda (surat pastda).

Ularning barçasi imtihonlarsiz talaba böliş vaʼda qilinayotgan OTMlarga borgan özimizning yoşlardir. Bu kabi minglab yoşlar hozir Qozoğiston va Tojikistonda ham yurişibdi yoki endi ketişadi. Ukraina va Xitoyni gapirmasa ham böladi.

Avval ham taʼkidlaganimdek, yoşlarning xorijda öqib kelişiga qarşi emasman, aksinça buni yoqlayman ham. Ammo gap yuqori darajadagi taʼlim sifati kafolatlangan reytingi yuqori OTMlar emas, balki örtamiyona va undan ham pastroqlari haqida ketayotgani uçun va asosiysi yoşlarimiz uyoqlarga bilim oliş uçun emas, şunçaki diplomli böliş uçun otlangani xavotirli.

Sabablar haqida boş qotiradigan bölsak, avvalo buni qimmat kontrakt narxlari hamda kvotalar kamligi bilan izohlaş mumkin.

Çunki qöşni davlatlardagi OTMlar 4-5 mln söm atrofidagi kontraktga imtihonsiz qabul qilişni aytib, köplab yoşlarni öziga oğdirib olişmoqda.

Şundan kelib çiqib, minglab yoşlarimizning taʼlim sifati mavhum bölgan OTMlarda öqiganidan köra, özimizning köz öngimizda öqişi ming marta yaxşi. Buning uçun eng avvalo tölov-kontrakt narxlari va tölaş tartibini quyidagiça körib çiqiş taklif etiladi:

Asosiy tölov-kontrakt böyiça

👉 bizda kontraktlar qimmat emas. Töğri, qimmat, lekin Venesuelada bundan ham qimmat bölişi mumkin. Ammo aholining daromadlaridan kelib çiqilsa, haqiqatdan 10 mln sömdan ortiq kontrakt oddiy oilalar uçun imkonsiz. Agar farzandlari köp oila bölsa, muammo yanada ortadi;

👉 bizda kontraktni yilida 2 marta bölib tölaş tartibi joriy qilingan, yaʼni hali ötilmagan darslarga yarim yillik pulni oldindan tölaş kerak. Kontraktlarni har oy bölib-bölib tölaş imkoniyatini beriş kerak. Şunda bir martada katta pul topiş imkonini qilolmaydigan oddiy oilalar ham kontraktni tölaşga qiynalmas edi;

👉 sirtqi va keçki taʼlim şakllari uçun kontrakt miqdorlarini kamaytiriş kerak. Çunki uşbu taʼlim şakllarida stipendiya berilmaydi va uşbu faktor kontrakt narxlari kunduzgiga nisbatan öta qimmat ekanligini anglatadi. Sirtqi taʼlimning kontraktiga oid petitsiya böyiça Hukumat allaqaçon qaror qabul qilişi kerak edi, qonunçilikda belgilangan muddat ötib ketyapti şundoq ham.

Super-kontrakt böyiça

👉 öqişga kira olmaganlar tölaydigan super-kontrakt narxlari ham haddan taşqari qimmat. Töğri, şu summaga ham öqişga rozi bölganlar bor, ammo narxlar arzonlaştirilsa, tölov qobiliyati borlar soni yanada köpayadi va bu OTMlarga oldingidan ham köproq daromad topiş imkonini beradi (xuddi tonirovka narxiga öxşab);

👉 super-kontrakt narxlarini abituriyent töplagan ballga mutanosib ravişda tabaqalaştiriş kerak. Masalan, kiriş çiziğiga 5 ball yetmasdan, 150 ball töplagan abituriyent ham 200 mln söm tölaydi, 57 ball töplagan abituriyent ham 200 mln söm. Menimça, bu adolatdan emas. Şu sababli hozirgi 4 ballik hududni bekor qilib, uşbu tabaqalar doirasini yanada kengaytiriş kerak;

👉 super-kontraktni birdaniga tölaş majburiyatini bekor qilib, bölib-bölib tölaş imkoniyatini yaratiş kerak. Yaʼni öşa super-kontrakt miqdorini 4 yilga bölib yuboriş kerak. Masalan, super-kontrakt miqdori 100 mln söm bölsa, har yili 25 mln sömdan, 200 mln söm bölsa, har yili 50 mln sömdan tölaş imkonini beriş kerak;

👉 öz navbatida uşbu super-kontrakt summalarini ham oddiy kontraktga öxşab oyma-oy bölib tölaş tartibini joriy qiliş kerak. Şunda super-kontrakt narxi oyiga 2-4 mln sömdan töğri keladi;

👉 super-kontrakt uçun ham stipendiyali va stipendiyasiz tölaş imkoniyatini beriş kerak;

👉 banklar tomonidan super-kontrakt uçun bozor foizlarida (imtiyozli emas) kreditlar taklifi köpaytirilişi maqsadga muvofiq.

Şu va şu kabi usullar yoşlarning oliy maʼlumot olişga bölgan ehtiyojlarini birmunça köproq qondirişi va aholining ijtimoiy holatini hisobga olib, ularga yengillik berişi, qayerga va qanday joyga ketayotganini özlari ham bilmaydigan minglab yoşlarni (ularning millionlab dollar pullarini) Özbekistonda olib qolişi mumkin. Bularning barçasi IMHO.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek